1.5.
Sirtlarning joylashishdan og‘ishi
Mashina, mexanizm va uzellarni uzoq muddat yeyilmasdan ishlashi uchun
undagi detallar o‘zaro to‘g‘ri joylashgan bo‘lishi kerak. Bu masalani yechish uchun
konstruktor chizmada konstruktorlik zamini (tekislik, yuza, chiziq) olib, unga
nisbatan detal yuzalarini joylashtiradi.
Joylashishning og‘ishi – ko‘rilayotgan element real joylashishning nominal
joylashishdan og‘ishi.
Yuzalarning joylashish xatoligiga ishlov berish va yig‘ish jarayoni xatoliklari
ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Yuzalarning joylashishdagi xatoligiga:
Silindrik detallar uchun:
- radial tepish;
- yon yuzaning tepishi;
- o‘qdoshmaslik;
-o‘qlarning parallelmasligi;
- o‘qlarning kesishmasligi;
Tekis detallar uchun:
-yuzalarning parallelmasligi;
-yuzalarning perpendikulyarmasligi kiradi.
Radial tepish- aylanadigan detalning tekshirilayotgan yuzasidan aylanish
o‘qigacha bo‘lgan eng katta va eng kichik masofalar orasidagi farq (bu dastgoh
markazining aylanish o‘qiga nisbatan siljishi natijasida hosil bo‘ladi) (131-rasm).
Yon yuzaning tepishi – detalning yon yuzasidan aylanish o‘qiga
perpendikulyar o‘tkazilgan yuzadan eng katta va eng kichik masofalar farqiga teng
(baza o‘qiga perpendikulyar emasligi natijasida hosil bo‘ladi (132-rasm).
132-rasm. Radial (a) va yon yuza (b) tepishi.
Radial tepishning umumiy, markaziy va teshik o‘qiga yon yuza tepishni to‘liq
nazorat qilish uchun misollar (133-rasm).
133-rasm. Radial va yon yuza tepishlarni nazorat qilish.
O‘qdoshmaslik baza yuzasiga nisbatan va umumiy o‘qqa nisbatan bo‘lishi
mumkin (133-rasm a,b). Baza yuzasiga nisbatan o‘qdoshmaslik ko‘rilayotgan yuza
o‘qi va baza yuzasi o‘qi orasidagi eng katta masofa orqali aniqlanadi (134-rasm, a).
Umumiy o‘qqa nisbatan o‘qdoshmaslik tekshirilayotgan yuza oralig‘ida ikki
yoki bir nechta o‘qdosh aylanuvchi yuzalarning umumiy o‘qidan ko‘rilayotgan o‘q
orasidagi eng katta masofa orqali aniqlanadi (134-rasm, b).
134-rasm. O‘qdoshmaslik a) baza yuzasiga nisbatan; b) umumiy o‘qqa nisbatan.
Tekisliklarning perpendikulyarligi (o‘qlarni yoki o‘qni tekislikka) berilgan
uzunlikda
chiziqli
birlikda
ifodalangan
chetga
chiqishidir.
Sirtlarning
perpendikulyarmasligi, o‘qlarning perpendikulyarmasligi va o‘q hamda sirtlarning
perpendikulyarmasligi (135-rasm).
135-rasm. O‘qlar va sirtlar joylashishining og‘ish turlari.
Δ - perpendikulyarlikdan og‘ish ; L – nisbiy uzunlik.
136-rasm. O‘qlarning noparalelligi va qiyshayishi.
|