Shakl aniqligi O‘z RST 759-96 va GOST 24642-81
standartlariga muvofiq
aniqlanadi. Shakl aniqligi real sirt shaklining chizmada
berilgan nominal sirt
shakldan og‘ishni xarakterlaydi.
Shaklning og‘ishi- real yuza shaklning nominal shakldan og‘ishi bo‘lib, uning
qiymati real yuzaning nuqtalaridan yondosh yuzagacha tik chiziq bo‘ylab
o‘lchanadigan eng katta masofa bilan baholanadi.
Real yuza – bu detalni chegaralovchi va atrof muhitdan ajratuvchi yuzadir.
Nominal yuza – bu ideal yuza bo‘lib, shakli chizmalarda yoki boshqa texnik
hujjatlarda berilgan bo‘ladi.
Shakl og‘ishidagi yo‘l qo‘yiladigan xatolarni me’yorlashda,
yondosh sirt
tushunchasidan foydalaniladi.
Berilgan og‘ish detallarning birikish xarakteriga ta’sir qiladi ya’ni qismlar va
butun mashinaning ishlash sifatini o‘zgartiradi. Shuning uchun detal va qismlarning
vazifalariga, hamda ishlash sharoitiga qarab konstruktor shakllarning joylashishida
yo‘l qo‘yiladigan og‘ishlar kattaligini joizliklar yordamida cheklab qo‘yadi.