Muzlagan gruntni yumshatish mexanik yoki portlatish usuli bilan amalga oshiriladi va so’ngra
yer qaziydigan hamda yer qazuvchi tashuvchi mashinalar bilan qaziladi.
Muzlagan gruntni mexanik yumshatish
yuqori quvvatli zamonaviy
qurilish mashinalardan
foydalangan holda yanada keng tarqalmoqda.Ekologiya talablariga muvofiq
gruntni qishki qazishlardan
oldin kuzgi mavsumda qaziladigan uchastkada belgilangan qalinlikda gruntning o’simlik
qatlami
bulьdozer yordamida olib tashlanishi kerak. Mexanik yumshatish muzlagan
gruntni statik yoki dinamik
ta’sirlar ostida kesish, yorish yoki maydalashdan iboratdir (5.41 - rasm).
5.41 – rasm. Muzlagan gruntni statik ta’sir ostida yumshatish:
a – faol tishli buldozer bilan; b – ekskavator − yumshatgich bilan;
1 – yumshatish yo’lining yo’nalishi
Dinamik ta’sirda
to’qmoq (shar–yoki pona-bolg’a)ningerkin tushishi va yo’naltirilgan harakatida
gruntni yorish yoki singan bo’laklarga ajratish amalga oshiriladi (5.42–rasm). Og’irligi 5 t bo’lgan
to’qmoqlar 5...8 m balandlikdan tashlanadi: shar shaklidagi to’qmoqni
qumli va loy qumli gruntlarni,
pona-to’qmoqlar esa loyli gruntlarni (muzlash chuqurligi 0,5...0,7 m) yumshatishda qo’llash
tavsiya
etiladi (5.43-rasm).