kuchaytirilgan kotlovanning
orqa devoriga tiralgan, reykali domkrat yordamida ta’minlanadi. Quvur
ichidagi grunt yuqorida ko’rib chiqilgan usul bilan chiqarib tashlanadi. O’tish unumdorligi 4...5 m/soatni
tashkil etadi.
Gorizontalьburg’ilashni boshqariladigan burg’ilovchi mashinalar bilan quduqlarni qazishning
mexanik usuli orqali amalga oshirish mumkin. Qurilmalar turli yer osti-mexanik
qarshiliklarga ega
bo’lgan har xil gruntlarni qazish uchun mo’ljallangan zarbli mexanizmlar bilan jihozlanadi.Burg’ilashdan
oldin trassaning o’tishi rejalashtirilgan zonadagi gruntga yotqizilgan chiziqlar puxta tahlil qilingan
bo’lishi kerak. SHunga bog’liq ravishda, trassaningyotqizilish yo’nalishi
va chuqurligi uzil-kesil
tanlangandan keyin burg’ilashning boshlang’ich stadiyasida trassani vertikal va gorizontal bo’yicha
fiksatsiyalash (qotirish) olib boriladi, zarur bo’lgan o’zgartirishlar (korrektivalar) kiritiladi,
chunki
burg’ilovchi qurilmaning og’ma plastinasining holati bo’yicha uni turli yo’nalishlarda boshqarish
mumkin bo’ladi.
Er va uning tarkibidagi toshlarga bog’liq holda bu usulni qullashning turli xil kombinatsiyalari
mavjud bo’lib, bular burg’ilash
suspenziyasini qullash, aylantiruvchi moment, tortish kuchidan
foydalanish, zarba beruvchi
mexanizmdan foydalanish, bular yumshoq va bir vaqtni o’zida quvvatli
burg’ilash imkonini beradi. Zarba beruvchi mexanizm 100 zarba/minut iga qilishi mumkin, zarbalar soni
ishlanayotgan gruntning o’ziga xos jihatlariga moslangan bo’lishi mumkin.