Xalqali asboblar. Xalqali asboblar kichik bosim, siyraklanish va bosimlar
farqini o‟lchash uchun muljallangan. Bu asboblarning ishlashi «xalqali tarozi»
prinsipiga asoslangan. Asbobning prinsipial chizmasi 11.4-rasmda keltirilgan. Bu
asboblarning asosiy qismi kovakli metall xalqa 1 dan iborat. Uning prizma uchi
harakatsiz tayanchga o‟rnatilgan va yarimgacha suyuqlik (suv, moy yoki simob) bilan
to‟ldirilgan. Xalqaning pastiga 6 og‟irlikdagi yuk biriktirilgan. Tusiq 2 va xalqadagi
suyuqlik bush joyni 1 va 11 bushliqlarga bo‟ladi. Bosim yoki siyraklanishni
o‟lchaganda xalqa bushliqlaridan biriga elastik naycha ulanadi, ikkinchi bushliq
atmosferaga chiqdi. Bosimlar farqini o‟lchash kerak bo‟lsa xalqa bushliqlarining
ikkalasiga ham naychalar ulanadi. Agar 1 va 11 bushliqlaridagi bosim bir xil (Р
1
=Р
2
)
bo‟lsa, tusiqqa ikki tomondan ko‟rsatiladigan kuch ham teng bo‟ladi. Unda xalqa
muvozanat holatda bo‟ladi (11.4-rasm, a)
Masalan, 1-bushliqdagi bosim, 2-bushliqdagi bosimdan kattaroq, (Р
1
>Р
2
)
bo‟lsa, bosimlar farqi (Р
1
-Р
2
) ning tusiq yuzasi 5 ga ko‟rsatadigan ta„siri natijasida
aylantiruvchi moment hosil bo‟ladi:
SR P P M айл )
(
2
1
(11.24)
bu еrda S – tusiq yuzasi; R- xalqaning urtacha radiusi.
74
Shu aylantiruvchi moment tufayli xalqa tayanch nuqtasi atrofida soat strelkasi
yo‟nalishida aylanadi.
Xalqaning burilishi teskari ta„sirli moment hosil qiladi:
sin
Ga M tes
(11.25)
bu еrda G – yukning og‟irlik kuchi; a- yukning og‟irlik markazi va tayanch nuqtasi orasidagi
masofa, φ – xalqaning burilish burchagi
Xalqa muvozanat holatida tuxtaganda ikkala moment ham muvozanatlashadi
(
tes айл M M
)
sin
)
(
2
1
Ga SR P P
(11.26)
Bundan xalqaning burilish burchagi va bosimlar farqi urtasidagi nisbat kelib
chiqdi:
)
(
sin
2
1
P P a G R S
(11.27)
Og‟irlik kuchi va xalqaning geometrik hajmi o‟zgarmas bo‟lgani uchun (11.27)
tenglamani quyidagi shaklda yozish mumkin:
Р
1
-Р
2
=Кsinφ (11.28)
Xalqali difmanometrlar 250 Pa dan 1,6 kPa gacha bo‟lgan bosimlar farqi va
muhitdagi 25 kPa dan 0,1 Mpa gacha bo‟lgan bosimlarni o‟lchashga muljallangan.
Asboblarning aniqlik sinfi 1 va 1,5.
Xalqali asboblarning qalqovichli va qung‟iroqli asboblardan afzalligi – uzatish
mexanizmidagi zichlantiruvchi qo‟rilmalarning yo‟qlig‟i va asbobning sezgir unsuri
75
suyuqlik zichligiga bog‟liq emasligidadir. Xalqali asboblarning kamchiligi – bosimni
keltiruvchi naychalarning mavjudligidadir. Bu naychalar o‟lchash paytida qushimcha
hatolar paydo bo‟lishiga sabab bo‟ladi.