• Bosimlar farqi va o`zgarmas sarf o`lchagichlar O`zgaruvchan sathli sarf o`lchagichlar II-BOB.
  • Issiqlik va Ionli sarf o`lchagichlar 2.4 Moddalar sarfini o`lchashning zamonaviy usullari va vositalari XULOSA KIRISH
  • Bosimlar farqi va o`zgaruvchan sarf o`lchagichlar Bosimlar farqi va o`zgarmas sarf o`lchagichlar




    Download 0,67 Mb.
    bet1/13
    Sana12.12.2023
    Hajmi0,67 Mb.
    #116577
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    MUSTAQIL ISH FIZIKA MUKAMMAL



    Mavzu: Suyuqlik va gazlar sarfini o'lchashda sarf o'lchagichlarning ahamiyati

    REJA

    KIRISH
    I-BOB. O`ZGARUVCHAN VA O`ZGARMAS SARF O`LCHAGICHLAR HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT

      1. Bosimlar farqi va o`zgaruvchan sarf o`lchagichlar

      2. Bosimlar farqi va o`zgarmas sarf o`lchagichlar

      3. O`zgaruvchan sathli sarf o`lchagichlar


    II-BOB. SARF O`LCHAGICHLAR VA ULARNING TURLARI
    2.1 Elektromagnit sarf o`lchagichlar
    2.2 Ultratovushli sarf o`lchagichlar
    2.3 Issiqlik va Ionli sarf o`lchagichlar
    2.4 Moddalar sarfini o`lchashning zamonaviy usullari va vositalari
    XULOSA
    KIRISH
    Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini va TJABT samaradorligini oshirish
    zarurligi turli moddalar sarfi va miqdorini aniq o‘lchash masalalarini muvaffaqiyatli hal etishni taqozo etadi. Sanoatda sarf o‘lchash tizimlarining qo‘llanishi sarflanayotgan energiya eltuvchilarini (suv, gaz, bug‘, yonilg‘i) hisobga olish va nazorat qilish bo‘yicha ko‘pgina texnik masalalarning hal qilinishini soddalashtiradi, jarayonning eng maqbul rejimini ishlab chiqarishning aniq shart-sharoitlariga bog‘liq holda tez aniqlashga imkon beradi.
    Mahsulotni hisobga olish jarayonlarida moddalarning sarfi va miqdorini
    o‘lchash vositalariga juda yuqori aniqlik jihatidan katta talablar qo‘yiladi.
    Sarf o‘lchash uchun ishlatiladigan asboblar sarf o‘lchagichlar deb ataladi.
    Moddaning berilgan kanal kesimi orqali vaqt birligi ichida o‘tgan miqdori modda
    sarfi deyiladi. Sarf o‘lchaydigan asboblar oniy sarfni o‘lchaydi va texnologik rejimlar (ayniqsa uzluksiz jarayonlarda) ishining barqarorligini nazorat qilishga, texnologik jarayonning o‘tishini har bir onda avtomatik ravishda rostlashga va rejimni berilgan yo‘nalishda sozlashga imkon beradi.
    Moddaning hajmiy sarfi l/s, m3/s, m3/soat, massa sarfi esa kg/s, kg/soat, t/soat
    va hokazolarda o‘lchanadi. Asboblar hisoblagichlar (integratorlar) bilan ta’minlanishi mumkin, unda bu asboblar hisoblagichli sarf o‘lchagichlar deyiladi Modda miqdorini o‘lchaydigan asboblar hisoblagichlar deb ataladi.
    Hisoblagichlar o‘zlaridan o‘tgan modda miqdorini istalgan vaqt (sutka, oy va hokazo) mobaynida o‘lchaydi. Uning miqdori hisoblagich ko‘rsatkichlari farqi bilan aniqlanadi. Modda miqdori hajmiy (litr, m3) yoki massa (kg, t) birliklarida
    ifodalanadi. Hisoblagichlar bevosita o‘lchash asboblari bo‘lib, ularning shkalasi
    bo‘yicha olingan ko‘rsatkichlar qo‘shimcha hisoblashni talab qilmaydi. Sanoatda keng tarqalgan sarf va miqdor o‘lchagichlar ishlash prinsipi va tuzilishlariga ko‘ra bir qancha guruhlarga bo‘linadi. Ishlab chiqarishda suyuqlik, bug‘
    va gazlarning sarfini o‘lchaydigan asboblarning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
    1) bosim farqi o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar; 2) bosim farqi o‘zgarmas sarf
    o‘lchagichlar; 3) tezlik bosimi sarf o‘lchagichlari; 4) o‘zgaruvchan sathli sarf
    o‘lchagichlar; 5) induksion sarf o‘lchagichlar; 6) ultratovush sarf o‘lchagichlar; 7)
    kalorimetrik (issiqlik) sarf o‘lchagichlar; 8) ionli sarf o‘lchagichlar.
    O‘lchanayotgan moddaning turiga ko‘ra sarf o‘lchagichlar suv, mazut ,bug‘,
    gaz va hokazolarni o‘lchagichlariga bo‘linadi.
    Suyuqlik va gazlarning miqdorini o‘lchaydigan hisoblagichlar quyidagi asosiy
    guruhlarga bo‘linadi:
    1) hajm hisoblagichlari; 2) tezlik hisoblagichlari; 3) vazn hisoblagichlari.
    Quyida texnologik jarayonlarni nazorat qilishda keng tarqalgan usullar va asboblar ko‘rib chiqilgan.



    Download 0,67 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 0,67 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bosimlar farqi va o`zgaruvchan sarf o`lchagichlar Bosimlar farqi va o`zgarmas sarf o`lchagichlar

    Download 0,67 Mb.