|
1 Maruza matnlariBog'liq Kitob 5502 uzsmart.uzSHARQ NOTIQLIGI
O‘rta Osiyoda hozirgi O‘zbekiston hududida notiqlik, ya’ni
voizlikning vujudga kelishi va rivojlanishining tarixiy ildizlari juda
qadimiydir. Ma’lumki, qadimiy Sharqda, taxminan IX asrgacha voizlik
vazifasini shoh, xalifa, sulton, qirol va harbiy sarkardalar bajarganlar.
Ular asosan, juma kunlari, hayit, navro‘z va boshqa bayram
marosimlarida jamoani to‘plab, davlat siyosati, tuzumi, fuqarolarning
majburiyat va burchlari, jumladan, bahodirlik, itoatkorlik, qonunlarga
rioya qilish, boshqa qo‘shni mamlakatlardagi vaziyat, dushmanlarning
kirdikorlari, mudofaa, o‘z ichki, tashqi siyosatlari va boshqalar haqida
va’z aytganlar.
O‘rta Osiyoda ilk Uyg‘onish davrining mashhur mutafakkiri va
voizlaridan bo‘lgan Abu Nasr Forobiy (870-950) va’z aytganda to‘g‘ri
so‘zlash, to‘g‘ri mantiqiy xulosalar chiqarish, mazmundor va go‘zal nutq
matnini tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiqning roliga nazariy
va amaliy jihatdan katta e’tibor beradi. Forobiy voizlik talablari haqida
gapirib: «Voizning so‘zlari aniq bo‘lsin, fikrini va aytmoqchi bo‘lgan
mulohazalarini ravon va ravshan bayon eta olsin», - deydi.
Abu Rayhon Beruniyning ta’kidlashicha, inson nutqi o‘z tuzilishi,
materialiga ko‘ra rostni ham, yolg‘onni ham ifodalashi mumkin. Bu
ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘ladi. Inson bu bahs-munozaralar
jarayonida rostni yolg‘ondan ajratadigan «mezon»ni yaratadi. Inson
hayotidagi zaruriy ehtiyojlar talab bilan yuzaga kelgan mantiq fanining
qiyosi rostni yolg‘ondan ajratish vositasi bo‘lib qoldi. Inson nutqida
shubhali o‘rinlar sezilsa, ma’lum «mezon» yordamida ular tuzatiladi.
Shu bois Beruniy yaxshi nutq matnini tuzish va mazmunli nutq so‘zlash
uchun grammatika, aruz va mantiq ilmini chuqur bilish lozimligini
uqtiradi.
|
| |