hikmatni olg‘a surgan Sitseron chindan ham notiqlik san’atini izlanish
va mehnat tashkil etishini yaxshi tushungan va shu haqiqatga ishongan.
Sitseron nutq kompozitsiyasiga alohida e’tibor bergan. Ayniqsa,
nutqning kishilar ongiga ta’sir etuvchi qismi - argumentatsiya, mantiqiy
isbotlarga va kishilarning hissiyotiga ta’sir etuvchi qismiga alohida
e’tibor qilgan.
Sitseron nutq jarayonida uch muhim omilga alohida e’tibor
berishni ta’kidlagan. Bu nutqning kirish qismi, xotimasi va
repetisiyasidir.
Sitseronning hayoti, ijodi,
falsafiy va adabiy qarashlari, notiqlik
mahorati va bu sohadagi ta’limoti hozirgi kunda ham amaliy va nazariy
ahamiyatga molikdir.