musson iqlimi shakllangan. Tropik iqlim mintaqasi
Avstraliyaning juda katta hududini egallaydi. M azkur
mintaqada ikkita iqlim turi shakllangan:
nam
va
quruq
tropik iqlim.
Nam tropik iqlim m aterikning sharqiy
qismida, okeandan keladigan nam havo m assalari ta’sirida
shakllangan. M azkur havo m assalari Sharqiy Avstraliya
tog'larining Tinch okean qirg'oqlariga m o'l yog'in olib
keladi. M aterikning markaziy va g'arbida quruq tropik
iqlim hosil bo'lgan. Harorat yozda +30°C, qishda -10,
-15°C , yog'inlar miqdori 250— 300 mm. M aterikning
janubiy qismi subtropik iqlim mintaqasida joylashgan va
quyidagi iqlim turlari hosil bo'lgan.
Nam subtropik iqlim.
M aterikning janubi-sharqida shakllangan. Yog'inlar yil
davomida yog'adi, harorat yozda +22°C, qishda +6°C;
quruq subtropik iqlim Avstraliya qirg'oqlarini o'z ichiga
oladi, yog'inlar kam , haroratlar farqi katta.O W a
dengiz
iqlimi
m aterikning janubi-g'arbiy qism ini o'z ichiga oladi.
Yog'inlar kuz va qishda yog'adi, yoz quruq va issiq, yillik
yog'in miqdori 600 mm. M o'tadil iqlim m intaqasida
Tasmaniya oroli joylashgan. G 'arbiy shamollar hukm ron,
qish iliq, yoz salqin. Avstraliyada qish - iyun, iyul, avgust
oylarida; bahor - sentabr, oktabr, noyabr oylarida; yoz -
dekabr, yanvar, fevral oylarida bo'ladi.