X V I. A N T A R K T ID A G eografik o‘rni va kashf qilinishi 1. Antarktida Janubiy qutb doirasida joylashgan. U A ntarktida va unga yaqin bo'lgan oroilarni hamda
okeanlarning 50— 60° janubiy kengliklarigacha (qutbdan)
bo'lgan qism ini o'z ichiga oladi. A ntarktida yaxlit turli
m aterik bo'lib, maydoni 14 m ln.km 2 ni tashkil etadi.
A rktikaning qaram a-qarshi tomonida bo'lganligi uchun
«Anti» so'zi qo'shilgan. M aterikning asosiy xususiyatlari
quyidagilardan iborat: a) m aterik deyarli Janubiy qutb
doirasida joylashgan; b) m uz bilan qoplangan; d) eng
sovuq materik; e) eng baland materik; f) o'sim lik va
hayvonot dunyosiga eng kam bag'al materik; g) quyosh bir
yilda bir m arta chiqadi va botadi; h) aholisi yo'q yagona
materik; i) Yerdagi chuchuk suvlarning 80% i m azkur
m aterik m uzlarida to'plangan.
2. Tekshirilish tarixi. M ateriklar ichida eng keyin
kashf qilingan. Birinchi ekspeditsiya X V III asrning
ikkinchi yarm ida Jeyms Kuk tomonidan amalga
oshirilgan. Am m o u Janubiy qutb doirasini bir necha bor
kesib o'tsa ham m aterikka o'ta olmadi va «Janubda bo'lishi
m um kin bo'lgan yerlar hech qachon tadqiq qilinmaydi,...
bu o'lkani tabiat doimiy sovuqqa m ahkum etgan», degan
xulosaga kelgan. M aterik 1820- yili F.F. Bellinsgauzen
va M.P. Lazarev boshchiligidagi ekspeditsiya tomonidan
kash f qilindi. Janubiy qutb 1911- yil 14- dekabrda
norvegiyalik Rual Am udsen tomonidan zabt etildi, 1912-
109
yil 18- yanvarda ingliz R obert Skott ham janubiy qutbga
bordi. Xalqaro geofizika yilining o'tkazilishi munosabati
bilan 1957— 1958- yillari jahonning 12 davlati olim lari
m aterikni birgalikda o‘rganishga va m a’lumotlar alma-
shishga qaror qilishdi.
16.1. Yer yuzasi va muzosti relyefi. Foydali qazilm alari A ntarktida qadimgi Pangeya va Gondvana quruq-
ligining bir qismi bo'lgan. Avstraliyadan kaynozoy davrida
ajralgan. Alp tog'lari burm alanishi natijasida ko'tarilgan,
Transantarktida tog* tizmasi bu m aterikni ikki qismga
bo'lib turadi. Bu yerda m aterikning eng baland nuqtasi
Vinson massivi joylashgan. Ross dengizidagi orollarda
harakatdagi vulqonlar bor (Erebus). M aterik m uz bilan
qoplangan (o'rtacha qalinligi 2000 m), m uzning qalinligi
sharqiy qismida 4500 m. M aterikni taxm inan 350— 360
m ln yil avval m uz bosa boshlagan. M aterikning o'rtacha
balanligi 2040 m (muz qoplami bilan).
M aterik muzosti (yer) yuzasining 70% i okean sathidan
pastda joylashgan. M aterikning deyarli o'rtasidan Uedell
dengizidan Ross dengizigacha Transantarktida tog'lari
cho'zilgan. M azkur tog' tizm asi m aterikni sharqiy va
g'arbiy qismga bo'lib turadi.
G 'arbiy A ntarktida ancha parchalangan, m aterikning
bu qismi bo'ylab And tog'larining davomi bo'lgan tog'lar
cho'zilgan. A ntraktidaning eng baland nuqtasi Vinson
110
(5140 m) massivi hisoblanadi. Sharqiy A ntarktida platolar,
tog‘lar va botiqlardan iborat.