|
0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va
|
bet | 13/109 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 22,48 Mb. | | #156599 |
Bog'liq TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)Ponasimon tasmali uzatma. Ponasimon tasmali uzatma yassi tasmali uzatmalarga qaraganda quyidagi a f z a l l i k l a r g a ega:
ancha katta (7 va 10 gacha) uzatish nisbatlari hosil qilishi mumkin;
markazlararo masofa kichik bo‘lganda foydalanish mum
kin;
har qanday vaziyatda (hatto vallar vertikal joylashganda
ham) uzatma ishonchli ishlaydi;
taranglash roliklaridan foydalanmay turib, bitta uzatma bilan bir necha yetaklanuvchi valni aylantirish mumkin;
yetaklanuvchi val burchak tezligini pog‘onali rostlash mumkin;
tasmalar qistirib biriktirilmaganligi uchun ancha ravon ishlaydi;
uzatma ixcham bo‘lganligidan uni to‘sish birmuncha oson;
bitta tasma uzilganda ham uzatma ishlayveradi, chunki ponasimon tasmalar ancha katta kuchlanishga yo‘l qo‘yadi, shuning uchun qolgan tasmalar zarur quwatni uzata oladi.
Hozirgi vaqtda ponasimon tasmali uzatma tishli g‘ildirakdan keyin eng ko‘p tarqalgan uzatmadir.
Ponasimon tasmali uzatmaning har qaysi tasmasi berk tasmadan iborat. Tasmani shkivga kiydirish va shkivdan chi qarish, tarangligini rostlash qulay bo'lishi uchun shkivlardan biri val o'qiga perpendikular siljiy oladigan qilib o'rnatiladi. To‘g‘ri o'rnatilgan tasma shkiv novining yon yoqlariga jips tegib turishi, chetidan chiqib va nov tubiga tegib turmasligi kerak.
Tasmali uzatmaning uzatish soni: ‘ ^ ^ bilan aniq lanadi.
Zanjirli uzatmalar. Zanjirli uzatma oraliq zvenoli (egiluvchan bog‘lanishli) uzatmalar qatoriga kiradi.
Zanjirli uzatma (2.5-rasm) ikkita (yoki undan ortiq) yul- duzchani (tishi maxsus profilli g‘ildirakni) qamrab oluvchi berk
2.5-rasm. Zanjirli uzatma.
(cheksiz) zanjir yordamida amalga oshiriladi. U faqat parallel vallar orasida harakat uzatish uchun xizmat qiladi. Tasmali uzat- madan farqli ravishda zanjirli uzatma tishli uzatma singari sirpa- nishsiz ishlaydi.
Zanjirli uzatmaning asosiy a f z a l l i k l a r i quyidagilar:
ixcham;
tasmali uzatmalardagiga qaraganda vallarga kam nagruzka tushadi;
harakatni ancha uzoq (5 — 8 m) masofaga uzatish imkoni
bor;
bitta zanjir bilan bir nechta valga harakat uzatish mumkin;
uzatmaning FIK nisbatan katta (0,98 gacha).
K a m c h i l i k l a r i :
sharnirlar yeyilishi tufayli zanjirning qadami kattalashadi
(zanjir cho'ziladi), bu esa taranglash qurilmalaridan foydala- nishni talab qiladi;
unga qarab turish (moylash, rostlash, vallarning qiysha-
yishini bartaraf qilish) ancha murakkab;
shovqin chiqarib ishlaydi.
Mashinasozlikda, shu jumladan, to‘qimachilikda ishlatiladigan zanjirlar bajaradigan ishining xarakteriga qarab, uch asosiy guruhga bo'linadi: harakatlantiruvchi, yuk ko'taruvchi va tor- tuvchi zanjirlar. Har qaysi guruh, o‘z navbatida, konstruktiv belgilariga qarab turlarga bo'linadi. Quyida faqat harakatlantiruvchi zanjirlar ko'rib chiqiladi. Ulardan rolikli, vtulkali va tishli (shov qin chiqarmaydigan) zanjirlar eng ko'p tarqalgan.
|
| |