0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va




Download 22,48 Mb.
bet12/109
Sana14.02.2024
Hajmi22,48 Mb.
#156599
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   109
Bog'liq
TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)

Tasmali uzatmalar. Bir val bilan ikkinchi val orasidagi masofa ancha katta bo'lganida ular orasida aylanma harakatni shkiv bilan egiluvchan jismning ishqalanish kuchidan foydalanib, egiluvchan bogianish yordamida uzatish mumkin. Tasmalar (2.4-rasm) egiluvchan bog'lanish vazifasini bajaradi. Tasmaning ko'ndalang kesimi shakliga qarab yassi tasmali, ponasimon tasmali va doiraviy tasmali uzatmalar bo'ladi.
Tasmali uzatma shkivlar deb ataladigan ikkita g'ildirak: (yetakchi va yetaklanuvchi) va ularni qamrab oluvchi berk (cheksiz) tasmadan iborat bo'ladi. Aylanayotgan yetakchi shkiv ishqalanish kuchi tufayli yetaklanuvchi shkivni aylanishga maj- bur etadi. Shkivlar bilan tasmaning tegishib turgan sirtlaridagi ishqalanish kuchi tasma taranglanganda hosil bo'ladi.


2.4-rasm. Tasmali uzatma.
1, 3, 4, 6 - shkivlar; 2, 5 - tasmalar.

Yassi tasmalardan foydalanilganda markazlararo masofa katta (15 m.gacha, ba’zan undan ham ortiq) bo'lganida ham harakatni uzatish mumkin.


Yassi tasmalar charmdan, ip, jun, ipak va sintetik tolali to'qi- malardan yaxlit tikilib, rezina qo‘shib ishlanadi, ponasimon tasmalar kord to'qima va kord shnurlardan tayyorlanadi. Yassi tasmalami yelimlab, tikib yoki qistirib biriktirish mumkin.
Yassi tasmali uzatmalaming markazlararo masofasi doimiy (o'zgarmaydigan) va rostlanadigan (o'zgaruvchan) bo'ladi. Birinchi holda zarur taranglikni saqlab turish uchun tasma cho'zila borgan sari uni vaqt-vaqti bilan qayta tikiladi (oddiy uzatma) yoki tasmani bosib turadigan qo'shimcha shkivlar qo'yiladi (taranglovchi rolikli uzatma).
Yassi tasmali uzatmalaming a f z a l l i k l a r i quyidagilardan iborat: konstruksiyasi oddiy va arzon; ravon ishlaydi; zarblarni yumshata oladi (tasma elastik bo'lganligi tufayli) va tasodifiy nagruzkalarda (tasma shataksirab qolganida) harakatlantiri- layotgan mexanizmlami sinishdan saqlaydi; yetakchi va yetak-
lanuvchi vallar o‘qlari orasidagi masofa ancha katta bo‘lganda ham quvvat uzatishga imkon beradi; shovqinsiz ishlaydi (tishli uzatmaga qaraganda); qarab turish va xizmat ko‘rsatish oson.
K a m c h i l i k l a r i : uzatish soni o'zgaruvchan; gabaritlari ancha katta; tasma cho'zilib qoladi, bu esa markazlararo masofa o'zgarmas bo'lganida uni qayta tikish yoki taranglash mosla- masidan foydalanish zaruriyatini tug‘diradi.
Yassi tasmali uzatmalar quyidagi turlarga bo'linadi: ochiq — vallari parallel; ayqash —vallari parallel bo'lmagan; yarimayqash, burchakli va boshqalar.
Uzatish sonini aniqlash uchun yetakchi va yetaklanuvchi shkivlaming aylana tezliklarini bilish kerak. Yetakchi shkivning aylana tezligi:
0 , = R, • со,— Z ) j / 2 со,.
Yetaklanuvchi shkivning aylana tezligi:
^ 2“ ^ 2 /^ ‘ “ г-
Agar tasmaning shkivda sirpanishi hisobga olinmasa, ya’ni shkivning aylana tezligi taxminan tasmaning chiziqli tezligiga teng, deb faraz qilinsa, d,= $ 2 bo'ladi.
Binobarin, / = ш1/со2= nx/n 2 = D2/D v
Amalda tezliklar o'zaro teng bo'lmaydi, chunki hamma vaqt tasmaning shkivda elastik sirpanishi deb ataladigan sirpanish mavjud bo'ladi.
Elastik sirpanish son jihatdan yetaklanuvchi shkiv tezligining nisbiy kamayishi bilan ifodalanadi:

£ = - -co2


bu yerda, o>, yetaklanuvchi shkivning nazariy burchak tezligi; (o2 —yetaklanuvchi shkivning haqiqiy burchak tezligi.
Sirpanishni hisobga olsak:
v2= ( l - e ) v,,
bu yerda, e — siфanish koeffitsiyenti (e = 0,01 — 0,03).
Binobarin,
/ = co,/co2=Z)2/ ( l - e) • Z),.
Tasmali uzatma kuch bilan ishlaganda, albatta, elastik sirpanish yuz beradi. Uni uzatma o‘ta kuchlanganda hosil bo‘ladigan, sha- taksirash deb ataladigan zararli sirpanish bilan chalkashtirib bo‘l- maydi.

Download 22,48 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   109




Download 22,48 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va

Download 22,48 Mb.