|
-rasm. Qo‘zg‘almas (a) va chayqaluvchi (b) machtalar yordamidaBog'liq 20-Tema.Mashina hám qurilma kóteriwshi moslamaları hám olardıń konstrukciyaları22-rasm. Qo‘zg‘almas (a) va chayqaluvchi (b) machtalar yordamida
qurilmalarni baland poydevorlarga montaj qilish.
Chayqaluvchi machtalar yordamida yuk ko‘tarish jarayonida qurilma erdan
ajralishi bilan qiya machtalar yordamida tepaga ko‘tariladi. Machtalarni poydevor
tomoniga qiyalatib, yuk va poydevor o‘qlarini bir chiziqda bo‘lishi ta’minlanadi.
Og‘ir va baland uskunalarni ko‘tarish uchun bir vaqtda uchta yoki to‘rtta
machtalardan foydalaniladi. Machtalar soni uchta bo‘lganda, ular polispast bilan
jihozlanadi. To‘rtta machtadan foydalanilganda, juftlangan ikkita machtaga bitta
polispast o‘rnatiladi. Machtalar cho‘qqisi bir-biriga tros yoki maxsus po‘lat
moslamalar yordamida birlashtiriladi.
Gorizontal qurilmalarni montaj qilish.
Baland bo‘lmagan, lekin uzun (gorizontal silindrik qurilma, transportyor va
hokazo) qurilmalar poydevorga kran yoki machtalar yordamida montaj qilinadi.
Ko‘tarish jarayonida ishtirok etayotgan kranlar soni nafaqat yuk ko‘tarish
qobiliyati, balki o‘z og‘irligi ta’sirida ko‘ndalang egilishini e’tiborga olgan holda
aniqlanadi.
Gorizontal qurilmalarni ko‘tarish uchun troslar shtutser va sapfalarga yoki
qobiqqa trosli halqalar hosil qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
SHuni alohida ta’kidlash kerakki, qurilmani ilish natijasida uning gorizontal,
muvozonat holati ta’minlanishi zarur.
Og‘ir va uzun qurilmalar ikkita kranda ko‘tariladi. Ikkala kranga yuklamani
bir tekisda taqsimlanishini ta’minlash muhim va mas’uliyatli vazifadir. Buning
uchun muvozanatlovchi traversalar qo‘llaniladi.
Ko‘p qavatli sanoat binolarida gorizontal qurilmalarni ko‘tarish va o‘rnatish
jarayoni murakkab hisoblanadi. Ayrim hollarda qurilmani montaj qilish va keyingi
qavatni qurish ketma-ket olib boriladi. Albatta, bunday holat qurilish ishlarini
qiyinlashtiradi. Bu usul demontaj qilish ishlarini o‘tkazish uchun devorlarni
buzishga sabab bo‘ladi.
Agar, imkon bo‘lsa binoni loyihalash jarayonida qurilmani montaj va
demontaj qilish uchun montaj teshiklari nazarda tutiladi (23-rasm).
|
| |