Hayotning moddiy
darajasi;
/ —inson umri; 2—jon boshiga
ishlab chiqilgan oziq ovqatlar
hajmi; 3—aholi jon boshiga to‘g‘ri
keluvchi xizmatlar hajmi; 4— aholi
jon boshiga to ‘g‘ri keluvchi ishlab
chiqilgan ehtiyoj mollari hajmi.
1900
2000
2100
ajratiladi. Dunyo bo‘yicha sanoatga va qishloq xo‘jaligiga eng ilg'or za-
monaviy texnologiyalar kiritish ko‘zda tutiladi (8 va 9-rasmlar).
Dem ak, 7,7 milliard aholi yashashi uchun normal sharoit yaratilgan.
Bunday ssenariyni amalga oshirishning ehtimoli mavjuddir.
13-§. BIOSFERANING BARQARORLIGI. BIFURKATSIYA
Yuqorida ko‘rib chiqilgan global kompyuter modellari ham hamm a
narsalarni hisobga ololmaydi. Agar biosferaga tushadigan antropogen
ta ’sirlar (antropogen ta ’sirlar — inson faoliyati tufayli tabiiy muhitga
ta ’sir qiluvchi omillar) e ’tibordan chetda qolsa, inqiroz m uddatdan
oldin ham ro‘y berishi mumkin.
Murakkab dinamik tizimlar nazariyasidan (bunga biosfera misol bo‘la
oladi) kelib chiqadiki, agartizim ga tushadigan ta ’sir m a’lum chegaradan
o ‘tsa, tizim barqarorligini yo'qotadi va u o ‘zini evolutsion rivojlanishning
bir necha kanallarining kesishgan nuqtasida joylashgan kabi tutadi,
40
m atem atikada bunday tarm oqlanish nuqtasi, ya’ni rivojlanish trayek-
toriyasining bir qiymatli m a’nosini yo‘qotgan nuqtasiga, bifurkatsiya
(ajralish, tarmoqlanish) nuqtasi deyiladi. Bunday bifurkatsiya nuqtasidan
keyin tizimning rivojlanishi qanday trayektoriyasi bilan borishini oldindan
aytish m um kin emas. Tizim xatti-harakatining bifurkatsiya m exanizm i
ko‘p hollarda halokatli bo‘ladi, bu sohani o ‘rganadigan yangi fanga
halokatlar nazariyasi deyiladi.
Biosferaning barqarorligi yo‘qolganligining biron-bir belgisi bormi?
Bor. M asalan, gen turlarining kamayganligi.
G enlar xotirasi — bu kodlangan hayot tajribasidir, hayotning paydo
bo‘lishi va bizni o ‘rab turgan dunyoning murakkab sharoitlariga moslanish
tarixi, u yoki bu qiyinchiliklarni yengib o ‘tish to ‘g‘risidagi bilim lar
kutubxonasidir. G enlar xilma-xilligi bu o ‘sha turning barqarorligi kafo-
latidir. Gen turlarining kamayishi bu barqarorlikning kamayishidir va
oxirgi natija biosferaning buzilishidir.
Umuman olganda, Yer yuzida insoniyatni yo‘q qilib yuborish oson
bo‘lib qoldi. Biosferaning «Geya» ismli (Geya — Yeming qadimgi xudosi)
global kompyuter modelida Rossiya FA akademigi N.N.Moiseyev o‘tkazgan
hisoblashlari shuni ko‘rsatdiki, butun dunyoda insoniyatni yo‘q qilish uchun
yadro urushida dunyo shaharlari bo'ylab tashlangan 100—150 megatonnalik
yadro yoqilg‘isini ishlatish kifoyadir. Natijada, tutun va qurumdan iborat
bulut paydo boiib, u bir necha oy davom etadigan «yadro qishini» hosil
qiladi. Bu esa insoniyatni yo‘q qihshga yetarlidir. 150 megatonnalik yadro
yoqilg'isi bitta suv osti kemasidagi yadro yoqilg‘isidan salgina ko‘pdir, xolos.
Biosfera barqarorligining yo‘qolishi xavfi nimada? Agar biosferaday
murakkab chiziqli bo‘lmagan tizim ning barqarorligi yo‘qolsa, bu vaqtda
u qandaydir yangi kvazibarqaror holatga o ‘tadi. Bu qanday holat, biz
uni bilmaymiz. Balki yangi holatda biosferaning param etrlari shundayki,
unda inson yashay olmaydi.
Mavjud muvozanatning yo‘qotilishidan kelib chiqqan boshqa holatga
o ‘tish eksponenta b o ‘yicha o ‘suvchi tezlik bilan amalga oshadi. Shuning
uchun, biosferaning barqarorligi muammosi fundamental tadqiqotlarning
asosiy yo'nalishlaridan biriga aylanishi kerak.
Rus olimi V.I.Vernadskiy biosfera deb o'tmishda, hozirda va kelajakda
hayot mavjud boMgan sayyoraning hududlarini tushungan. Ilmiy tafakkur
va inson mehnati ta ’sirida biosfera yangi holatga noosferaga (tafakkur
sferasi) o ‘tadi. Agar insoniyat ham o'zining, ham biosferaning kelgusi
evolutsiyasini tashkil qila oigan taqdirdagina biosfera noosferaga o‘tishi mumkin.
Shuni ta ’kidlash kerakki, bifurkatsiya nuqtalarida global modellardan ham
muhim b o ig an tabiat qonunlari amal qiladi.
41
Tabiatning um umiy qonunlarini fizika fani o ‘rganadi. Shunday savol
tug'iladi: hozirda sodir bo'layotgan inqirozli jarayonlarning mohiyati
to ‘g‘risida fizika fani nima ayta olishi mumkin? Bu haqda mexanika
qonunlari, termodinamika va fizikaning boshqa bo‘limlari javob bera oladi.
|