|
‘. T. ‘Sar0v tabiatshunoslikBog'liq ‘. T. ‘Sar0v tabiatshunosliknomzodi, dotsent.
N
Q‘ 1601000000___52_ e’lonsiz, 2004
.
M 359 (04) - 2004
ISBN 5 - 8 2 4 4 - 1 6 0 0 - 1
© «Mehnat» nashriyoti, 2004-y.
K IR IS H
«Tabiatshunoslik asoslari» oliy ta’lim tizimidagi ijtimoiy-gumanitar
ta’lim y o ‘nalishlari bo'yicha bakalavrlar tayyorlash o ‘quv jarayoni
rejalariga Davlat ta’lim standartlari asosida kiritilgan yangi fandir. Fanni
bayon qilishdan oldin: insonning aql-zakovati, bilimdonligi qanday
bo‘lishi kerak? U bizni o ‘rab turgan Olam to‘g‘risida qanday tasawurlarga
ega bo‘lishi lozim kabi savollarga javob berishi darkor.
Hozirgi davrda tabiiy fanlarga qiziqishi boim agan kishini keng
dunyoqarashga ega deb boimaydi. Negaki, birinchidan, madaniyatli boiish
uchun shaxsda nisbiylik nazariyasi, biologiya, sinergetika, ekologiya va
boshqa fanlar to‘g‘risida tushunchalar bo’lishi darkor. Ikkinchidan, bu
eng muhimi, hozirgi hayotimizda ko‘p narsalar ilmiy metodologiya asosida
qurilmoqda. Uchinchidan, har qanday mutaxassisga kerak bo'lgan bilimlar
u yoki bu darajada ilmiy dalillarga asoslangan. Fanning alohida bo‘limlari:
tabiiy, texnik, ijtimoiy va gumanitar sohalari bir-biridan ajralgan holda
alohida-alohida bo‘lib, tabiat, jamiyat va insonning to‘liq manzarasini
bera olmaydi. Falsafa tabiiy fanlarga murojaat qilmasdan bu vazifani
bajarolmaydi. Dunyoqarashning falsafiy mushohadasi tabiat to ‘g ‘risidagi
ilm-fanning o ‘ziga xos yutuqlari bilan bir butunga birlashgan, Olamning
tabiiy-ilmiy manzarasi orqali aniq-ravshan bo'lishi kerak.
Tabiatni bilish insonni va jamiyatni bilish bilan chambarchas bogiiq.
Shuni aytish joizki, tabiatni ilmiy bilishning metodologik va ilmiy falsafiy
|
| |