|
dunyoqarash muammolari tarkibida «Tabiatshunoslik asoslari» faniBog'liq ‘. T. ‘Sar0v tabiatshunoslikdunyoqarash muammolari tarkibida «Tabiatshunoslik asoslari» fani
talabalarda ilmiy dunyoqarashni, nazariy fikrlashni shakllantiradi, tabiiy
ilmiy bilimlarni jamiyatshunos, huquqshunos, iqtisodchi, menejer,
filolog, tarixchi va boshqa ijtimoiy-gumanitar mutaxassislarning kasbiy
faoliyatida qo'llash metodologiyasini o ’rganadi.
«Tabiatshunoslik asoslari» to’rt bo’limdan iborat:
1. Hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi. Fan va madaniyat tizimida
tabiatshunoslikning o ‘mi. Hozirgi zamon tabiatshunosligining umumiy
panoramasi. Tabiat va inson.
2. Zamonamizning global-umumbashariy masalalari. Hozirgi zamon
3
tabiatshunosligi. Mikrodunyo, makrodunyo va megadunyolar. Ilmiy texnika
taraqqiyotining global taraqqiyotning asosiy an’analariga ta’siri.
3. Tabiatshunoslikning fizikaviy asoslari. Olamning tabiiy-ilmiy
manzarasi. Fizikaning asosiy qonunlari. Tabiatdagi jarayonlar rivoj-
lanishining ilmiy asoslari.
4. Hozirgi zamon texnologiyasi va energetikasining ilmiy asoslari.
Zamonaviy texnologiya va ekologik halokatlarni bartaraf qilish yo‘llari.
Ilm-fan shiddat bilan taraqqiy etmoqda, ilmiy kashfiyotlar ko‘z
oldimizda sodir bo‘lmokda. Albatta, ma’lum bir vaqt o ‘tgach, yangi-
yangi nazariyalar, farazlar paydo bo‘ladi, yangi qonuniyatlar ochiladi,
shu bilan birga yechilishi lozim bo‘lgan yangi-yangi muammolar vujudga
keladi. Shuning uchun «Tabiatshunoslik asoslari» kursi Olamning hozirgi
zamon tabiiy-ilmiy manzarasini o'zida mujassamlashtirgan fan va
texnikaning yangi-yangi yutuqlari asosida, doimiy ravishda toidirilib va
kengayib boradi.
Ushbu kitobning yaratilishida o'zining qimmatli fikrlarini bildirib,
|
| |