Xom-ashyoni maydalash. Omixta yem OVQ, premiks, karbamid konsentrati va
ozuqa aralashmalarning komponentlari omixta yem zavodlariga don, granula, chaqmoq
kо‘rinishida tushadi va maydalanadi. Ishlab chiqariladigan mahsulotning ma’lum turi
uchun yirikligi bо‘yicha talablarga javob beradigan bir xildagi aralashmani maydalamay
olishning iloji yо‘q. Maydalangan komponentlar bir xilda aralashadi. Bundan tashqari
15
Ўзг.
Вароқ
Вароқ
Хужжат
Имзо
Сана
maydalash jarayoni hayvon va parrandalarda ozuqaning tez xazm bо‘lishida muhimdir,
chunki maydalangan ozuqa yaxshi о‘zlashtiriladi.(12)
Maydalash jarayonining tavsiloti. Maydalash-mahsulot ishlab chtqaradigan eng
murakkab va kо‘p energiya talab qiladigan jarayonlardan biri hisoblanadi.
Komponentlarni maydalashda ularning ba’zi qismlari orasidagi kuchlarning bir-biriga
tо‘g‘ri kelishi buziladi, buni bartaraf qilish uchun elektroenergiyasini kо‘p sarflagan
holda maydalashning turli usullarini qо‘llashga tо‘g‘ri keladi. Bu, ayniqsa omixta
yemga katta miqdorda kiritiladigan donli komponentlarni maydalashga ta’luqlidir.(12)
Qattiq qismni bо‘laklarga ajratish jarayoni maydalash deyiladi. Buning natijasida
jism bо‘lakchalari orasidagi kuchlarning bir-biriga tо‘g‘ri kelishi zabt etilib yangi yuza
hosil bо‘ladi.
Omixta yem ishlab chiqarishda quyidagi komponentlar maydalanadi: don, donli
aralashmalar, kunjara, shrot, sо‘tali makkajо‘xori, mineral kelib chiqishli xomashyolar
(bо‘r, tuz, chig‘anoq uni), oziq ovqat sanoatining yirik
fraksiyali ozuqa mahsulotlari. Ba’zi komponentlar uskunadan bir bor о‘tgandayoq
maydalanadi, ba’zilari esa ikki marta о‘tkazilishi talab qiladi. Donli komponentlar
uskunadan bir marta о‘tkazilganda maydalanadi, chaqmoq xomashyolar esa oldin ezilib
sо‘ngra yanchiladi.(6)
Maydalash darajasi yoki maydalangandan keyin bо‘lakchalar о‘lchamlari hayvon
turi va yoshiga bog‘liq, ya’ni maydalash darajasi yanchishning yirikligini tavsiflaydi.
Maydalangandan keyin bо‘lakchalar о‘lchami 5 mm yoki undan yirik bо‘lsa, maydalash
shartli ravishda qо‘pol deyiladi. Agar 5 mm dan kichik bо‘lsa, bunda maydalash mayin
hisoblanadi. Qattiq bо‘lakli komponentlarni nisbatan yirik bо‘laklarga bо‘lish (5 mm.
dan yirik) ham, shuningdek, maydalash deyiladi.
Mahsulotning maydalanish darajasi deb maydalanadigan bо‘laklar chiziqli
о‘lchamlari kattaligini maydalashdan keyingi bо‘lakchalar о‘lchami nisbatiga aytiladi.
Maydalanish darajasi i mahsulotni maydalangandan keyingi bо‘lakcha yuzasi
yig‘indisining boshlang‘ich yuza yig‘indisi nisbati aniqlanadi:
S
0
|