|
-rasm. Gidroyuritmaning ish printsipi sxemasi Pdf ko'rish
|
bet | 88/213 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 10,93 Mb. | | #110708 |
Bog'liq Zbekiston respublikasi3.2.1-rasm. Gidroyuritmaning ish printsipi sxemasi
Chiqish zvenosining harakat turiga qarab gidroyuritmalar quyidagilarga
bo`linadi:
• gidrotsilindrlar (ilgarilanma-qaytarma harakat);
• gidromotorlar(aylanma harakat) ;
• gidrodvigatellar (zvenoni ma`lum burchakka aylantirish).
Afzillaklari:
1.
Kompakt o`lchamlarga ega bo`lishiga qaramay katta quvvatlarni hosil
qilish. Gidroyuritma o`lchami teng bo`lgan pnevnoyuritmaga nisbatan 25 marta ko`p
quvvat hosil qiladi. Shuning uchun 500-1000 Vt va undan katta quvvatlarda
samarador massagabarit xususiyatlarga ega;
2.
Gidroyuritma va nasos stantsiyasi orasi katta bo`lishi mumkin
(maksimal masofa 250-300 m);
3.
Katta kuch hosil qilishda juda kam vaqt ketadi;
4.
Silliq rostlash imkoniyati;
5.
Katta ishlatish temperaturasi -50 dan +100
0
C gacha. Lekin shuni
165
narsani esda tutish kerakki, kichik temperaturalarda moyning qovushqoqligi oshadi,
bu moy harakatini qiyinlashtiradi va sekinlashtiradi, katta temperatularda esa – moy
qovushqoqligi kamayib, tirqishlardan oqib ketishi mumkin.
6.
Katta F.I.K.ka ega, lekin elektrmexanik yuritmaga nisbatan past.
Kamchiliklari:
1.
Katta bosim va temperaturalarda ishchi suyuqlikning tirqishlardan
chiqib ketishi oshadi;
2.
Yuritmaning narxi yuqori va unga xizmat ko`rsatish ham qimmatroq;
3.
Ishlashi uchun nasos kerak.
4.
Chiqish zvenosi harakatlanganda ham, harakat to`xtaganda ham
energiya talab qilinadi;
5.
Ishining aniqligini kuzatish qiyin, buning uchun qo`shimcha qurilma
kerak.
Gidroyuritmalar elektr yoki pnevmatik yuritmalarga nisbatan murakkab va
qimmatdir. Lekin 500-1000 Vt va undan katta quvvatlarda yaxshi massagabarit
xususiyatlariga ega bo`lganligi va ularni boshqarish oson bo`lganligi uchun asosan
og`ir va o`rta og`ir MT yuritmalari bo`lib xizmat qiladi.
Gidrotsilindr – hajmiy gidroyuritma toifasiga kirib, suyuqlik oqimi
gidravlik energiyasini mexanik energiyasiga o`zgartiradi va chiqish zvenosini
(shtok, plunjer, porshen) ilgarilanma-qaytarma harakatga keltiradi.
Shtok holati bo`yicha:
• ikki pozitsiyali;
• ko`p pozitsiyaliga bo`linadi.
Ishchi suyuqlik ta`sir yo`nalishi bo`yicha:
• bir tomonlama harakatlanadigan;
• ikki tomonlama harakatlanadigan.
Ishchi zvenosi turi bo`yicha:
• membranali;
• silfonli;
166
• porshenli (plunjerli);
o
bir tomonlama shtokli;
o
ikki tomonlama shtokli.
|
| |