1.1-rasm. Namlik o`lchov asbobi
Datchik istemol qiladigan kuchlanishi 3,31–5 V, tok kuchi esa 4,43–4,9 mA
oralig`ida. 5 V quvvatlanganda qaytadigan signal 0,6-5 V.
139
1.2 -rasm. Jarayonning elektrik sxemasi
Elektrik sxema 1.2-rasmda ko`rsatilgan. Bunda, datchikning Vcc hamda
GND nuqtalari kontrollerning doimiy manbalari 5 V hamda GND portlariga va A0
nuqtasi kontrollerning analog portiga ulanadi. Shundan so`ng suvni haydash uchun
nasosni ishga tushirish vazifasi bajariladi. Bunda nasosni rele yordamida
boshqaramiz. Relening doimiy manbalariga kontrollerning 5 V hamda GND
portlaridan qiymatlarni olib relening mos portlariga va asosiy 12 chiqish portini
relening kiruvchi portiga ulaymiz. Relening chiqish nuqtalarini nasosga ulaymiz.
Yuqoridagi printsipial sxema asosida sxemani quramiz va sxemani ulash ishi
tugagach Arduino platasini USB kabel yordamida kompyuterga ulaymiz.
Dasturni yuklash
Tuproq namiligini o`lchash tizimining dasturi keltirilgan. Ushbu kodni
nusxalaymiz va Arduino IDE ga joylashtiramiz.
int sensorPin=A0;
int sensorValue=0;
int sensorValuefoiz=0;
void setup(){
Serial.begin(9600);
}
140
void loop() {
sensorValue=analogRead(sensorPin);
sensorValuefoiz=map(sensorValue,0,1023,0,100);
Serial.print(100-sensorValuefoiz);
Serial.println("%");
delay(1000);
}
1.3-rasm. Jarayonning vizual ko`rinishi
Ishni bajarish tartibi
1.Talabalar o`qituvchi tomonidan berilgan ma`lumotlar asosida “Arduino
Uno” mikrokontrolleriga namlikni o`lchash tizimini o`rganadi.
2.Talaba bajargan ishlari bo`yicha o`qituvchiga yozma hisobot tayyorlab
topshiradi.
Topshiriq:
1.4- rasmda keltirilgan sxemaning belgilangan qismi bo`yicha Arduino UNO
mikrokontrolleri yordamida tuproq namligini o`lchash hamda reglament qiymat
asosida boshqarish tizimini mexatronik modulni yig`ing va ushbu modul bo`yicha
boshqaruv dasturini tuzing hamda yozma hisobot tayyorlang.
|