“Pastdan yuqoriga” usuli fizik sathdan yuqori sathga o'tishni o'z ichiga oladi.
Fizik sathda uskunalar va simli ulanishlar tekshiriladi. Kabellar rozetkasidan tushib
ketganmi? Agar uskunada ko'rsatkichlar mavjud bo'lsa, ko'rsatkichlar yoniqmi?
“Taqsimlash va aniqlash” usuli bilan tahlil o'rta darajalardan birida
boshlanadi, undan keyin yuqori yoki pastki darajalar tekshiriladi. Masalan,
diagnostika IP-konfiguratsiyani tekshirish orqali tarmoq sathidan boshlanishi
mumkin.