‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi q‘rta maxsus. Kasb-hunar ta’limi markazi




Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/53
Sana05.12.2023
Hajmi3,5 Mb.
#111496
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   53
Bog'liq
B.Bymetov Qalam tasvir

Ikkinchi bosqich — perspektiva va anatomik tuzilishni hisobga 
olgan holda bosh shaklini chiziqli-konstruktiv tasvirlash. Umu- 
man bosh va uning bo‘laklarini chiziqli-konstruktiv tasvirlashga
130


o ‘tayotganda, hajm qanday 
tashkil topishini tasvirda ko‘r- 
satishga harakat qilish kerak.
Har bir shakl yuzasi yori- 
tilganligiga k o ‘ra, turlicha 
tuslarga ega va shu yuzalarga 
yengil cliiziqlar berib, butun 
b o sh
sh ak li, 
u n in g
bo‘laklarini ham to ‘g‘ri va is- 
honchli chiqarishga harakat 
qilish lozim. Bosh shaklini 
cliizishda shaklning konstruk- 
tiv asosini aniqlash vaqtida, 
bir yo‘la bosh suyagi suyak- 
lari bilan asoslangan shakl 
xarakteriga ham aniqlik kirit- 
ish kerak. Shaklni bunday 
talilil qilish o‘quvcliiga boslm- 
ing xarakterini to ‘g‘ri ochib berishga imkon beradi. Shaklni yuza- 
da oddiydan murakkabga prinsipi bo‘yicha tasvirlashda, bosh ras- 
mini cliizishning butun jarayonidan katta shaklni tasvirlashda de- 
talli tus berishgacha bo‘lgan jarayon, umuman boslmi va alohida 
detallami (bumn, lab, ko‘zlami) tahlil qilishda ham so‘zsiz ba- 
jarilishi kerak.
Ko‘z, quloq, bumn, lablar shakliga aniqlik kirita borib, doimo 
ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni kuzatib turish lozim. Har bir bo‘lak 
b ir-biri bilan uyg‘unlashishi maqsadga muvofiq va xalaqit 
bermagandagina yaxshidir. Ushbu holatda bunday o‘zaro bog‘liqlik 
qosh usti yoylari, ko‘z kosasi, yuqori va pastki qovoqlarni 
birlashturuvchi yordamchi chiziqlar bilan ko‘rsatilgan.
0 ‘xshashlikni ocliib berish uchun rassom ko‘zlaming joylasliish 
xarakterini diqqat bilan kuzatislii zamr. Ko‘zlar shunday joylasliislii 
kerakki, unda ichki (ko‘z yoshi qobig‘i) va tashqi burchaklar 
gorizontal chiziqda bo‘ladi. Bu holni slavyan irqiga xos bo‘lganlarda 
kuzatish mumkin. Bizning mazkur topsliirig‘imizda, ushbu natu- 
radagi ayolning ko‘z nigohi biroz pastga qaratilgan.
Odam boshini to ‘g‘ri va ishonchli tasvirlash quloq suprasining 
to ‘g‘ri joylashganligiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Quloq rasmini
131
90-rasm, a.


chizayotganda, quloq suprasini pastki jag‘ suyagi (yumshoq joyi) 
unchalik yopib qo‘ymasligini yodda tutish kerak. Yonoq suyagi 
o‘simtasi doimo quloq suprasi o ‘rtasida joylashgan bo‘ladi. Buni, 
biz aw al aytib o‘tganimizdek, har kim o ‘zida tekshirib ko‘rishi 
mumkin. Yonoq suyagi o‘simtasi ushlab ko‘rilganda, barmoq quloq 
suprasining o‘rtasiga kirib boradi, yonoq suyagini paypaslayotgan 
barmoq esa, uning bukrisiga borib taqalishiga ishonch hosil qilinadi. 
Quloq ensa-ga yoki yonoqda chizibb qolmasligiga doim e’tibor 
berish kerak. Quloq suprasining joylashishini to‘g‘ri belgilash uchun 
quloq suprasining ustki jag‘ suyagi shoxchasiga parallel boMishligini 
kuzatib borish lozim.
Shakl xarakteri va quloq suprasining joylashuviga alohida e’tibor 
qarating. Har bir odamning quloqlari o‘ziga xos tuzihshga ega. Quloq 
shakli qurilishining qonuniyatlarini bilgan rassom har bir detal 
xususiyatini osongina ilg‘ab olishi mumkin.
Shuningdek, bosh shaklining boMaklari burun, lab va ko‘zlar 
harakatiga ham diqqat bilan e’tibor berish lozim. Bosh bo ‘lak- 
larining xarakteri boshning o ‘z xususiyatiga bog‘liq. Masalan, bu 
juda cho‘ziq bosh yoki bu juda dumaloq yuz deyishganda, unga 
qismlar ham taalluqli bo‘ladi. Burunlar ham turli-tuman tuzilishga 
ega boMishi mumkin. Ba’zilaming burni haddan tashqari qirg‘iy, 
uzun va osilgan, boshqalamiki esa, aksincha, juda kalta, kekkaygan, 
qalin, qulupnay sifat, puchuq yoki peshana chizig‘idan haddan 
tashqari turtib chiqqan bo‘ladi. Shuningdek, ba’zilarda ko‘zlar 
kirtaygan, ichiga cho‘kib ketgan yoki chaqchaygan bo‘ladi. Ba’zi 
kishilar ko‘zlarini juda qisqa ochadilar va pastki qovoqlar yuqori 
qovoq tushgandagidan ham kattaroq bo‘ladi; boshqalar ko‘zlarini 
baqraytirganda, ko‘z qorachig‘i yaqqol ko‘rinadi. Ayrimlaming 
qoshlari ko‘z ostidan ancha ko‘tarilgan, boshqalamiki ko‘z ustiga 
tushib turgan, kimdadir ular ingichka b o ‘lsa, boshqasinikida 
baroqqosh bo‘ladi.
B a’zi odam larning lablari cho‘chchaygan, boshqalarniki 
ingichka, osilgan; ba’zilarda ustki lab paski labga nisbatan ko‘tarilgan 
(yoki aksincha), ko‘pincha, qalinroq bo‘ladi; bir kishida bumn 
ostidagi labi uzun bo‘lsa, boshqasida kalta bo ‘ladi va hokazo. 
Shuningdek, b a ’zilarning dahani yo‘g‘on, keng, katta b o ‘lsa, 
boshqalarda u juda kichik va uchli bo‘ladi; ba’zan u orqaga, tomoqqa 
tortilgan yoki aksincha, tomoqdan ancha turtib chiqqan boMishi
132


mumkin va ba’zan ular uzun, ba’zan esa, kalta bo‘ladiki, yuqor- 
ida aytib o‘tilganidek, ular ko‘ndalang chiziqlar bilan belgilana- 
di.
Bunday diqqat bilan kuzatish rasm chizuvchiga asarda 
naturachining individual xususiyatlari va portret o‘xshashlikni ocliib 
berish imkonini beradi. Yonoq va chaynash muskullari yaxshi 
rivojlangan, yonoqlari esa, kuchli bo‘rtmaga ega ekanligini ko‘- 
ramiz. Uni tasvirlash orqali, obraz xarakteristikasini kuchaytiramiz. 
Keng peshana muskullari o ‘ziga xos shaklga ega (90-rasm, b).

Download 3,5 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   53




Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi q‘rta maxsus. Kasb-hunar ta’limi markazi

Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish