‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi q‘rta maxsus. Kasb-hunar ta’limi markazi




Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/53
Sana05.12.2023
Hajmi3,5 Mb.
#111496
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53
Bog'liq
B.Bymetov Qalam tasvir

84-rasm.
qindagisini esa, katta qism- 
larga ajratishi kerak.
Profil chizig‘ini belgilab olganimizdan so‘ng, uni uch teng 
qismlarga bo‘lish kerak. Bunda biz o‘lchamlar mutanosibligining 
klassik qonuniyatlaridan unumli foydalanamiz. Boshning old 
qismlari uch teng qismga ajraladi: soch qoplamasi pastki chizig‘idan 
qosh usti yoylarigacha, qosh usti yoylaridan burun asosigacha va 
burun asosidan dahan tagigacha. Qosh usti yoylaridan burun 
asosigacha bo‘lgan kesim ham o‘z navbatida uch teng qismga ajraladi: 
birinchi (qosh usti yoylaridan) va ikkinchi qism o‘rtasidan ko‘z 
qismlari chizig‘i o‘tadi, u jag‘ suyagi, ko‘z burchaklari va ko‘z 
yoshi qopchig‘i choklarini kesib o‘tadi. Burun asosi o‘rtasidagi 
kesim ham uch teng qismga ajraladi: birinchi va ikkinchi qismlar 
o‘rtasidan og‘izning o‘rta chizig‘i o‘tadi, u lablar kesim chizig‘i, 
deb ataladi. Ko‘zlar orasidagi masofa ko‘z kattaligiga teng. Boshning 
ba’zi bo‘laklari shaklini tasvirlashga hozircha e’tibor bermaymiz. 
Bu bosqichda faqat ularning joylashgan o‘rnini aniqlaymiz, qism- 
lar va yaxlitlik nisbatlarining to‘g‘riligini tekshiramiz. Ko‘zlar, bumn 
teshiklari, lablar o‘lchamlarini ham hozircha chiziqchalar yoki 
nuqtalar bilan belgilab qo‘yamiz, buning o‘zi ularning joylashuvi 
va kattaligini aniqlash uchun yetarlidir. Shundan so‘ng ishning 
keyingi bosqichiga o‘tamiz.
Uchinchi bosqich, shaklning chiziqli konstmktiv asosini na-
119


ikkinchi bosqichda tanishib chiq- 
qanmiz. Endi uni ushbu vazifada 
to‘rtdan uch qism burilishda, ufq 
chizig‘i darajasidan balandroqda 
turgan boshda belgilab olishga 
harakat qilamiz.
Profil chizig‘i peshana o‘rtasida 
qanshar, burun, lab bantlari va 
dahan o ‘rtasidan o ‘tadi. Qosh usti 
yoylari, k o ‘zlar kesimi, burun 
asosi, lab va dahan kesim lari 
tuxumsimon bosh shakliga asosan 
biroz egilgan va yuqoriga qaratilgan. 
Bu chiziqlarning hammasi parallel 
b o ‘lishi kerak. Agar bu qonu- 
niyatga rioya qilmasak, perspekti- 
vada katta xatolikka yo‘l qo‘yishimiz 
mumkin. Bunday holni bosh ras- 
mini chizish bo‘yicha yaxshigina 
tajribaga ega bo‘lgan rassomlarda 
ham k u zatish im iz 
m um kin. 
Boshning asosiy bo‘laklarini tas- 
virlashga (ko‘zlar, burunlar, soch 
tolalari va hokazolarga) kirishilar 
ekan, albatta, shakl asos-mazmu- 
nidan kelib chiqish kerak, ya’ni 
burun — bu prizma, ko‘z esa, shar, bo‘yin esa, silindrikdir.
Uzoq muddat davom etadigan rasm ustida ishlashda chizuv- 
chining qarash nuqtasi butun rasm chizish jarayoni mobaynida 
o ‘zgarmay qolishi kerak. Buni quyidagi usul bilan tekshirilib bori- 
ladi — tasvirlangan obyekt bilan naturani solishtirish juda katta 
tezlikda amalga oshiriladi. Ushbu usulda uning xato va kamchiliklarini 
ham aniqlash imkoni tug‘iladi.
0 ‘quvchi bosh rasmini qurish jarayonida juft va simmetrik
moyon etish va perspektiva ko‘ri- 
nishlarini ochish hisoblanadi 
(85-rasm).
Inson boshining tuzilishi kons- 
truktiv sxemasi bilan birinchi va
120


shakllarning to ‘g‘ri taqsimlanganligini alohida e’tibor bilan kuza- 
tishi kerak. Buning uchun quyidagilarni tavsiya qilish mumkin: 
birinchidan, juft va simmetrik shakllarni bir vaqtning o‘zida chizish 
lozim, ikkinchidan, har bir juft va simmetrik shakllar chetidan 
boshqasiga qarata parallel chiziqlar tortish lozim. Ko‘zlarning 
sharsimon shaklini ocha borib, ko‘z qovoqlarini darhol aniqlamaslik 
kerak, faqat ularning kengligi, qalinligi va har bir qovoqning 
yo‘nalishibelgilab olinadi.
Burun prizmasini qura turib, profil chizig‘ini qanshar va burun 
asosi o ‘rtasidan o ‘tkazishga harakat qilamiz. Burun prizmasining 
old yuzasi oldinga turtib chiqadi va burun uchi chap tomonga 
o ‘tadi. Burun qanotlari esa, profil chizig‘iga simmetrik tarzda 
joylashadi. Buruning old maydonchasi va burun teshiklari yaxshi 
ko‘rinadi. Shunga qarab burun teshiklarining qalinligini belgilab 
olinadi. Boshning ushbu holatida qosh ustining pastki tomonlari va 
dahanning yarim yoy ko‘rinishidagi yuzasi ochiladi. Burun uchini 
belgilab olib, so‘ngra uning burun asosi chizig‘idan qanchalik baland 
ekanligi aniqlanadi.
Lablarni qisqartirilgan holda chizamiz. Profil chizig‘i lablar 
kesimi o ‘rtasidan o ‘tadi. Hozircha lablar aniq chizilmaydi, balki 
ustki va ostki lablarning xususiyatlari, o‘lchamlari belgilab olinadi, 
ularning joylashishi diqqat bilan tekshiriladi. Buning uchun 
yordamchi chiziqlardan foydalaniladi. Ularning ko‘magida lab- 
larning burchaklari burun qanotlari bilan qanday uyg‘unlash- 
gani topiladi. Burun asosi chizig‘idan ustki lab chetigacha b o ‘l- 
gan masofa tekshiriladi (lablar bantigi burun teshiklari oldiga 
yaqin bo ‘lib qolmasligi uchun). Shundan so‘ng soch jingalak- 
lari lablar kesimi chizig‘iga nisbatan qanday joylashganligi 
aniqlanadi.
Soch tolalarining eng xarakterli bo‘laklarini yengil va yaxlit 
belgilab olinadi. Shuningdek, ularning ko‘z, burun, lablarga 
nisbatan joylashuvi doimo tekshirib boriladi. Bu ishlarning 
hammasini qalamni qog‘ozga qattiq bosmay, yengilgina chizish 
kerakki, zero aniqlangan xato va kamchiliklarni o‘chirg‘ich ishlat- 
may ham to ‘g‘rilashning iloji bo‘lsin.
Keyingi bosqichga o ‘tishdan oldin bajarilgan ish natijalarini 
diqqat bilan tekshirib chiqiladi va xatoni ilg‘agan zahoti uni keyinga 
qoldirilmay tuzatiladi. Har bir xato boshqasini keltirib chiqaradi
121


va ulami keyin tuzatishning iloji bo‘lmaydi. Ko‘pchilik o‘quvchilar 
tasvirni qurishda dastlabki bosqichlar muhimligini tushunib 
yetishmaydi, ular alohida unsurlarni chizib chiqishga shoshilib, 
tashqi o‘ziga xos xususiyatlarni qidira boshlashadi. Vaholanki, 
shaklning chiziqli-konstruktiv asosini chizib chiqish o‘quvchiga 
rasm ustida ishonch bilan ishlashni davom ettirish imkonini beradi. 
Shaklning konstmktiv sinchli asosini ochib berish davomida uni 
plastik jihatdan modellash va yorug‘-soya munosabatlarini yoritib 
aniqlashga shoshilmaslik kerak.

Download 3,5 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53




Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi q‘rta maxsus. Kasb-hunar ta’limi markazi

Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish