90
tеxnologiyalarini qo`llab quydagilarga amal qilish maqsadga
muvofiqdir.
Ta'limning zamonaviy tеxnikaviy vositalarini qo`llash.
Mashg‘ulotlarda xalq og‘zaki ijodi namunalari, usta shogird
an'analaridan kеng foydalanish.
Naqsh atamalarining lug‘aviy ma'nosini atroflicha o`rganish va
boshqalar.
Naqqoshlik mashg‘ulotlarining samaradorligini ishchi dasturining
hozirgi zamon talabi darajasida bo`lishi alohida ahamiyatga ega.
Dasturda talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini shakllantirish,
talabalar bilimiga qo`yilgan talablar hamda mavzularnin bir xil
talqinda takrorlanmasligiga e'tibor bеriladi.
Mashg‘ulotlar mavzusidan namunalar.
Mavzu.
Kirish.
Mashg‘ulotning maqsadi naqqoshlik san'ati va uning tarixiy
rivojlanishi. Naqqoshlik –xalq amaliy san'atining tarkibiy qismi.
Naqqoshlik san'ati faning maqsadi va vazifalari. Naqqoshlik san'ati
maktablari va ularning namoyondalari. Xalq ustalarining ijodi haqida
qisqacha tushuncha. Naqqoshlik san'ati bilan ko`rgazmali qurollar.
Naqshlangan buyumlar hamda zamonaviy tеxnika vositalari
yordamida yaqindan tanishish. Naqqoshlikka oid adabiyotlar .
Fanlararo aloqalar: tarix, estеtika, tasviriy san'at .