59
qismlarga esa turli shakllar ko`rinishidagi islimiy friz naqsh
kompozitsiyalari tuziladi.
Ma'lumki, naqqosh ijodida eng mas'uliyatli ishlardan biri naqsh
kompozitsiyalarini yaratishdir. Naqsh kompozitsiyalarini tuzish,
ma'lum qonun-qoidalarni o`z ichiga oladi:
naqsh elеmеntlarini nisbatini saqlash;
b) tanob bilan novdani farqlab tasvirlash;
v) tanobdan gul barg va boshqa naqsh elеmеntlarini o`sib
chiqmasligi;
g) o`lchamga mos naqsh kompozitsiyasini tuzish va hokazo.
Tabiat, atrof olamni rangsiz tasavvur etib bo`lmaganidek,
naqqoshlik san'atini ham rang tuslarisiz to`laqonli tasvirlash qiyin.
Shuningdek Intеryеrni naqsh bezaklari bilan bezashda rangshunoslik
qoidalariga amal qilish albatta muhimdir.