188
Malaka oshirishdan o’tgan o’qituvchilar maktabda to’garak soatlari hisobidan ”PISA-2021
tadqiqotlariga tayyorlanamiz” deb nomlangan fakultativ kurslarni 7-, 8- va 9- sinf o’quvchilari uchun
haftasiga 2 soat hajmida tashkil qilish tavsiya etiladi. Asosiy e’tiborni 2021-yilda sinovdan o’tadigan 8-sinf
o’quvchilariga qaratish;
Respublikadagi matematikani o’qitishga tayanch maktab sifatida belgilangan maktablarning PISA-
2021 tadqiqotlariga tayyorlanishga mas’ul markaz sifatidagi faoliyatini tashkil qilish va ularga har
tomonlama uslubiy yordam ko’rsatish;
Televideniye va boshqa ommaviy axborot vositalarida keng targ’ibot ishlarini olib borish,
”Ma’naviyat va ma’rifat” kanalida har haftada berib boriladigan turkum ko’rsatuvini tashkil qilish. Bu
ko’rsatuv orqali ochiq PISA topshiriqlarini tahlil qilish va o’qituvchilarga yil bo’yi tegishli uslubiy
tavsiyalarni berib borish;
Xalq talimi vazirligi portalida va Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga
oshirish milliy markazi vebsaytida ”PISA-2021 tadqiqotlariga tayyorlanamiz” deb nomlangan alohida
interaktiv rukn tashkil qilish va ularga tadqiqotlar bilan bog’liq barcha ma’lumot, xabar va materiallarni
joylashtirib borish. Onlayn maslahat olish imkoniyatlarini yaratish.
Ma’lumki, PISA topshiriqlari matematika fanining quyidagi mazmun sohalari (bo‘limlari) ga doir
tuziladi: Miqdorlar (arifmetika); O‘zgarishlar va munosabatlar (algebra); Fazo va shakl (geometriya);
Ma’lumotlar va aniqmasliklar (ehtimollar nazariyasi va matematik statistika elementlari).
Shundan kelib chiqib, o’quvchilarni PISA tadqiqotlariga 5- sinfdan boshlab tayyorlab borish lozim
bo’ladi. Chunki, aynan 5-6- sinflarda matematikaning asosiy hisob-kitob, ya’ni arifmetik ko’nikmalarini
tizimli ravishda shakllantisrish boshlanadi. Shuningdek, PISA topshiriqlarining ko’pchiligi aynan sonlar
ustida arifmetik amallarni bajarish, hisoblash texnikalaridan foydalanishni taqozo qiladi. 7- 9- sinflarda esa
algebra va geometriya fanlarini tizimli o’rganish boshlanadi.
O’rta umumiy ta’lim maktablari uchun matematika fanidan yangilangan o’quv dasturi aynan PISA
tadqiqotlarida matematik savodxonlik mazmunidan kelib chiqib qayta tuzilgan. Undagi ba’zi mavzularning
oldingi sinflarga surilgani, dasturga kombinatorika, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika
elementlarining 5-sinfdan boshlab erta qo’shilganining boisi ham shu bilan bog’liq. Shuningdek, 5-6-
sinflarda planimetriya elementlari va fazoyiy shakllarni o’rganishga ko’proq e’tibor berilgani, hamda 7-9-
sinf geometriya kursida stereometriyaning boshlang’ich tushunchalarining ham kiritilishi PISA
topshiriqlari bilan bog’liq amalga oshirilgan. Shu bilan birga, boshqa umumta’lim fanlarida bu mavzularga
ehtiyoj bo’lgani uchun ham bunday qarorga kelingan. Dasturni yangilash jahonda matematika fanini
o’qitishga bo’layotgan innovatsion yondashunlarga javoban amalga oshirildi. Shu bilan birga, dasturni
yaratishda matematika fanini o’qitishning ming yillar davomida shakllanib kelgan jahon va yurtimizdagi
ilg’or an’analar va fanning nazariy asoslangan mazmuni, hajmi, ketma- ketligi va uzviyligini ta’minlagan
holda va unga putur yetkazmagan holda ish tutildi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, PISA topshiriqlarini yechish uchun matematikada chuqur bilim va
ko’nikmalarni talab qilinmaydi. Lekin, o’zlashtirilgan muayyan bilim va ko’nikmalarni hayotiy
vaziyatlarga qo’llashga juda katta e’tibor beriladi. Ularni fakultativ kurs (to’garak) mashg’ulotlarida ham
muhokama qilish tavsiya etiladi. Shuningdek, matematika o’quv dasturiga yangi kiritilgan loyiha ishlariga
ham alohida e’tibor qaratish lozim. Bu loyiha ishlariga mavzu sifatida PISA topshiriqlari yoki ularga
o’xshash kichik ilmiy ishlanishlarni talab qiladigan topshiriqlarni berish tavsiya etiladi.