180
bilan belgilanishi namoyon bo‘ladi. Shundan so‘ng, masalaning qo‘yilish sharti belgilashlar orqali
ifodalanadi. Belgilashlarga mos holda yana ekranda harakatlar namoyon bo‘ladi
va qolgan masofa
noma’lum bilan belgilanib, uni aniqlash talab etiladi. Sayohatchilar yurgan yo‘l hamda ular turgan joydan
manzillarigacha qolgan masofa ekranda ko‘rinib turadi va o‘quvchilar barcha jarayonni o‘z ko‘zlari bilan
ko‘rib, matnli masalalar yechimini topish tasavvuriga ega bo‘ladilar.
Yechish jarayonida ekranda mavjud bo‘lgan belgilanishlar va qolgan masofani aniqlash uchun
barcha masofalar yig‘indisi 34 km ga teng bo‘lishi paydo bo‘ladi va noma’lum son aniqlanib, 9 km
qolganligi ma’lum bo‘ladi.
Masala-2. Teploxod ikki pristan oralig‘idagi masofani daryo oqimi bo‘yicha 7 soat, oqimga qarshi 9
soatda o‘tdi. Agar oqimning tezligi 2 km/soat bo‘lsa, pristanlar orasidagi masofani aniqlang.
Yechish. Avvalo ekranda masalaning
matni beriladi va teploxod, ikki pristan, daryo oqimlari
namoyon bo‘ladi. Masala matnida keltirilganga mos ravishda ekranda jarayon namoyon bo‘la boshlaydi va
berilganlar belgilanib ekranning quyi qismida tenglamalar hosil qilinib boriladi.
Soatning bir aylanish
davomida teploxod va daryo to‘lqini harakatlanib to‘xtaydi, so‘ngra teploxod yonida V1, daryo oqimi
yonida V2 paydo bo‘ladi, bular mos ravishda teploxod va daryo oqimining tezligi hisoblanadi. Birinchi
pristanning yonidan teploxod harakatlana boshlaydi. Teploxod ikkinchi pristanga borguncha soat millari
harakatlanadi va daryo oqimi tezligini ko‘rsatuvchi yo‘nalish (strelka) ham yonib o‘chadi. Yetib borgach 7
soat o‘tganligi yoziladi va S=7(V1+V2) paydo bo‘ladi, bu yerda S ikki pristan orasidagi masofa. Keyin
teploxod orqaga qaytib harakatlanadi va daryo oqimi tezligini ko‘rsatuvchi yo‘nalish qarama-qarshi holatda
o‘chib yonadi. Bunda teploxod sekin harakatlanadi va birinchi pristanga yetib borgach to‘xtaydi hamda 9
soat o‘tganligi yoziladi. Daryo oqimi tezligi qarama-qarshi bo‘lganligi uchun ekranda ko‘rsatkichlar
yordamida belgilanadi va tenglama quyidagi ko‘ranishga keladi: S=9(V1–V2). Ekranda oqimning tezligi 2
km/soat ekanligi va V2=2 km/soat yozuvi, ikki pristan orasida “Masofa = ?” hamda berilganlar oldida “S
?” yozuvi paydo bo‘ladi. Yechimni ko‘rsatishda tenglamalar sistemasi tuziladi:
S
7 (V1
V2)
Tenglamalarning chap tomoni tengligidan, ularning o‘ng tomonlari
S
9 (V1
V2)
tenglashtirilad
i:
7(V1+V2)=9(V1–V2)
hamda yechiladi. 7(V1+2)=9(V1–2),
7V1+14=9V1
–18,
9V1–7V1=14+18, 2V1=32, V1=16.
Teploxodning tezligi 16
km/soat ekan. Masofani aniqlaymiz: S=7(V1+V2), S=7(16+2)=7*18=126, S=126 km. Ekranda
“Demak, ikki pristan orasidagi masofa 126 km ekan.” degan yozuv paydo bo‘ladi.
181
Bunda ham yuqoridagi kabi har bir jarayon ekranda namoyon bo‘lib boradi. Xulosa qilib aytganda,
matematikada matnli masalalarni hal qilishda harakatli tasvirlar, animatsiyalar orqali foydalanish, buning
uchun esa informatikadan
olgan bilimlarini ishga solib, elektron ta’lim resurslarini yaratish maqsadga
muvofiq hisoblanadi. Bunday elektron ta’lim resurslardan foydalanish matematikada masalalarni yechishda
o‘quvchilarning tasavvurlarini oshiradi.