70
4. Siniq chiziq yasash
Siniq chiziq – nuqtalar va ularni birlash-
tirib turuvchi kesmalardan iborat shakl.
Uning tasvirini hosil qilish uchun:
1) uskunalar panelida “Прямые линии”
(“To‘g‘ri chiziqlar”) guruhini ochamiz;
2) menyudan “Ломанная” (“Siniq chi
-
ziq”) ustiga sichqonchaning chap tugma
-
sini bosib tanlaymiz;
3) sichqonchaning
chap tugmasini bo
-
sib, siniq chiziqning ketma-ket uchlarini
belgilaymiz;
4) ekranda
uchlari shu nuqtalardan
iborat bo‘lgan siniq chiziq paydo bo‘ladi
(4-rasm)
.
To‘g‘ri chiziq tasviri ustiga sichqoncha
-
ning chap tugmasini bosib, uning o‘rnini
almashtirish, ya’ni uni siljitish mumkin.
Shuningdek,
uning rangi va stilini aniq
-
lash hamda uni harf bilan belgilash imko
-
ni ham bor.
5. Perpendikulyar to‘g‘ri chiziq-
larni yasash
Ikki to‘g‘ri chiziq to‘g‘ri burchak ostida
kesishsa, ular “perpendikulyar to‘g‘ri chi
-
ziqlar” deb ataladi. Ularning tasvirini hosil
qilish uchun:
1) uskunalar panelida “Cпециальные прямые” (“Maxsus to‘g‘ri chiziqlar”)
guruhini
ochamiz;
2) menyudan “Перпендикуляр” (“Perpendikulyar”) ustiga sichqonchaning chap tugma
-
sini bosib tanlaymiz;
3) kesma (to‘g‘ri chiziq) yasaymiz;
4) nuqta belgilaymiz (nuqta kesma yoki to‘g‘ri chiziqda ham yotishi mumkin);
5) Sichqonchaning chap tugmasini bosib, ishchi sohada perpendikulyar to‘g‘ri chiziqlarni
hosil qilamiz
.
6. Parallel to‘g‘ri chiziqlarni yasash algoritmini tuzish va uni yasash
Yuqoridagi algoritmga o‘xshash parallel to‘g‘ri chiziqlarni yasash algoritmini tuzing va uni
yasang.
4
3