57
1. Agar suyuqlik molekulalarining o‘zaro tortishish kuchi suyuqlik molekulalari
bilan qattiq jism molekulalari orasidagi tortishish kuchidan kam bo‘lsa, suyuqlik
qattiq jismni ho‘llaydi.
Suyuqlik sirtiga o‘tkazilgan urinma bilan qattiq jism sirtiga o‘tkazilgan
urinma orasidagi burchak chet burchak (yoki ho‘llanish burchagi) deb ataladi va
θ harfi bilan ifodalanadi. Agar suyuqlik qattiq jismni ho‘llasa, chet burchak
o‘tkir, ya`ni θ≤π/2 bo‘ladi. Agar θ=0 bo‘lsa, suyuqlik qattiq jismni to‘la
ho‘llagan bo‘ladi. 6-rasmda vertikal qattiq jismni ho‘llayotgan suyuqlik va
suyuqlikning gorizontal qattiq jism sirtiga tushirilgan tomchisi tasvirlangan.