|
Xorijiy investitsiyalar
|
bet | 12/28 | Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 0,68 Mb. | | #154693 |
Bog'liq Хорижий инвес17
0’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish siyosati mavjud mablagTardan, vaqtdan va imkoniyatlardan samarali foydalanishga, mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqib boyliklami samarali joylashtirishga va shu yoT bilan respublika iqtisodiyotini ko’tarishga, uning jahon iqtisodiy tizimiga qo'shilishiga, rag^batlantirish yoTi bilan investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga jalb qilishga hamda ulardan samarali foydalanishga qaratilgan.
Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning bir qancha shakllari mavjud. Ular quyidagi chizmada aks ettirilgan(5.3.1-chizma)
5.3.1-chizma Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish shakllari
CHizmada aks ettirilgan xorijiy investitsiyalami jalb qilish shakllarini quyida
alohida ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Qo’shma korxonalar tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish keng
tarqalgan shakllaridan biri hamkorlikda qo’shma korxonalarni tashkil etishdir.
0’zbekiston Respublikasida qo’shma korxona deganda, nizom kapitalining kamida
30 % xorijiy investorlarga tegishli boTgan va xorijiy investor faqat yuridik shaxs
18
bo’lgan, nizom kapitalining eng kam mikdori 150 ming AQSH dollariga teng bo’lgan ekvivalent summani tashkil etgan korxonalarga aytiladi. Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona nizom jamg^armasining 150 ming AQSH dollaridan kam bo’lmasligi sifatsiz mahsulotlarining oldi-sotdisi va ulami respublikaga import qilish ishlari bilan shug’ullanishga ixtisoslashgan kichik qo’shma korxonalarning keragidan ortiqcha kirib kelishining oldini olish maqsadida belgilangan.
Xorijiy korxonalarni tashkil etish orqali chet el investitsiyalarini jalb qilish bugungi kunda kengayib bormoqda. 0’zbekistonda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar iqtisodiyotning turli sohalarida tashkil etilishi mumkin. Yirik xorijiy kompaniya va korxonalar o’z mol-mulklari bir qismini ajratib, shu’ba korxonalar ochishi mumkin. Bunday shu’ba korxonalarga ham qo’shma korxonalarga qo’yilgan talablar belgilangan.
Ikki yoki uchdan ortiq davlat yoki korxonalar o’z kapitallarini jamlagan holda xalqaro tashkilotlar tashkil etishi mumkin.
|
| |