22
strategik vazifalargacha bo‘lgan yo‘lini belgilaydigan mantiqiy ketma-ketlikdagi
bosqichdir.
Strategik
xaritani
shakllantirish
jarayoni
ko‘rsatkichlarning
muvozanatli tizimini shakllantirishga asoslanadi va
bunday xaritani yaratishda
ishtirok etayotgan har bir bank tegishli bo‘lganlarini tanlash imkoniyatiga ega.
Respublikamizda bank tizimi rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichi sifatida
bank kreditlarining umumiy miqdorini oshib borishining
regression-korrelyatsion
tahlili asosida iqtisodiy jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligini tahlil etish, shakllanish
mexanizmlari bo‘yicha qonuniyatlarini o‘rganish va tajribalar o‘tkazish
orqali
kuzatish imkonini beradi.
Tadqiqot ishida ko‘p omilli ekonometrik modeldagi qatnashadigan omillar
sifatida – natijaviy omil etib, O‘zbekiston Respublikasida bank kreditlarining
umumiy miqdori (mlrd. so‘m) hamda depozitlarning umumiy miqdori (mlrd.
so‘m), jami bank tizimi kreditlarining bozorni egallaganlik darajasi (%),
O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklarining soni (birlik),
tijorat banklari
kreditlarining bozorni egallaganlik darajasi (%), iqtisodiyotning soha va
tarmoqlariga ajratilgan kreditlar miqdori (%), jismoniy shaxslarga ajratilgan
kreditlar miqdori (%), sof muammoli kreditlarning jami kapitalga nisbati (%),
inflyatsiya darajasi (%), jami 8 ta omil tanlab olindi.
O‘zbekiston Respublikasida bank kreditlarining umumiy miqdoriga ta’sir
etuvchi omillar tahlili orqali ishlab chiqilgan modelda F – Fisher mezonining
haqiqiy
qiymati F
haqiqiy
=270,5. Shuningdek erkinlik darajalari soni surat bo‘yicha
k
1
=2 va maxraj bo‘yicha k
2
=13ga teng bo‘lganda, Fisher mezonining jadval
qiymati (mohiyatlik darajasi
α
=0,05da) uchun F
jadval
=3,8 ga teng. Demak,
hosil
qilingan ko‘p omilli regressiya tenglamamiz ahamiyatli hisoblanadi (5-jadval).