68
Jahon amaliyoti ko’rsatishicha, O’zbekiston iqtisodiyotida ham
transmilliy korporatsiyalarni shakllantirish mamlakatning jahon xo’jaligida
va xalqaro mehnat taqsimotida munosib o’rin
egallashiga, xalqaro va
mintaqaviy integratsiya jarayonlarida faol ishtirok etishini ta’minlovchi
muhim omil bo’lib xizmat qilishi mumkin. Jahon xo’jaligining
globallashuvi sharoitida O’zbekistonning transmilliy korporatsiyalarni
vujudga keltirish – ochiq iqtisodiyotni shakllantirish borasida amalga
oshirilayotgan tarkibiy o’zgarishlarning bir bo’g’ini sifatida qaralmog’i
lozim. Zero, TMK O’zbekistonning dunyo
mamlakatlari orasidagi
nufuzining yanada ortib borishida muhim o’rin tutadi.
O’zbekiston transmilliy korporatsiyalarini shakllantirishning eng
maqbul yo’llaridan biri, bu O’zbekiston sarmoyalarini tasarruf etish orqali
Yevrosiyo, Markaziy Osiyo integratsiyasi hamda MDH doirasida xalqaro
moliya-sanoat guruhlarini tashkil etishdan iborat bo’lishi mumkin.
Shundan kelib chiqqan holda, O’zbekistonda
ham moliya-sanoat
guruhlarini tashkil etish va ularni milliy korxonalar hamda boshqa
davlatlarning mavjud moliya-kredit tuzilmalari hisobidan kengaytirish
masalalarini ishlab chiqish lozim. Savdo va moliya-sanoat guruhlarini
tashkil etish, O’zbekistonning transmilliy korporatsiyalarini
shakllantirish
uchun maqsadga muvofiq va ob’yektiv zarurat hisoblanadi.
Bundan tashqari
,
Markaziy Osiyo integratsiyasi va MDH doirasida
xam o’ziga xos xalqaro qo’shma konsernlarni tashkil etish mumkin.
Bunday kompaniyalarning tashkil topishi, hamkor mamlakatlarning sanoat
ishlab chiqarishi sohasidagi xo’jalik sub’yektlari orasida tarixiy murakkab
kooperatsiya aloqalarining qo’llab-quvvatlanishiga, Markaziy Osiyo va
MDH mamlakatlari o’rtasidagi integratsiya jarayonlarining
tezlashishi va
rivojlanishiga olib keladi.
Amaliyot shuni ko’rsatadiki, sanoati rivojlangan mamlakatlar,
shuningdek
«yangi
industrial
mamlakatlar»ning
transmilliy
korporatsiyalari ular iqtisodiyotining asosi bo’lib xizmat qiladi. Masalan,
AQSh transmilliy korporatsiyalari mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalarida
muhim rol o’ynaydi va tashqi savdo aylanmasining 2/3 qismi ular
hissasiga to’g’ri keladi.
Bizning sharoitimizda ham ular moliyaviy va sanoat sarmoyalarining
organik hamkorligini ta’minlovchi xo’jalik sub’yektlari faoliyatini tashkil
etishning nisbatan samarali shakli bo’la olishi mumkin.
Moliya-sanoat
guruhlari, ularni davlat tomonidan maqsadli qo’llab-quvvatlash sharoitida
O’zbekiston iqtisodiyoti uchun ilg’or o’zgarishlarni vujudga keltiruvchi
69
iqtisodiy o’sishning eksportga mo’ljallangan ob’ekti bo’lib xizmat qilishi
lozim.
TMKni shakllantirish, o’z navbatida
texnologik innovatsiya
jarayonlarining tezlashuviga ham olib keladi. Bu esa, O’zbekistonda texnik
taraqqiyotning ichki omillari uchun juda katta imkoniyatlar yaratadi.
Shuningdek, TMKlar mamlakatimizdagi mavjud bandlik muammolarini
bartaraf etishda ham muhim rol o’ynaydi.