A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT
INSTITUTI
“UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH – 2022” LOYIHASI
“O‘QUVCHILAR KOMPETENSIYALARINI BAHOLASH USULLARI VA
VOSITALARI”
moduli bo‘yicha
“MATEMATIKA FANIDAN O‘QUVCHILAR YUTUQLARINI
BAHOLASHGA YANGICHA YONDASHUVLAR” O‘QUV KURSINING
“MATEMATIKA FANIDAN BAHOLASH BO‘YICHA ILG’OR XORIJIY
TAJRIBALAR VA YANGICHA YONDASHUVLAR”
mavzusi bo’yicha ma’ruza matni
Ma’ruzachi: B.K.Xaydarov - Toshkent shahar XTXQTUMOHM
Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi professori, f.-m.f.n.
Toshkent - 2022
1-Mavzu: Matematika fanidan baholash bo‘yicha ilg‘or xorijiy
tajribalar va yangicha yondashuvlar
Reja:
1. Matematika fanidan o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma
va kompetensiyalarini baholash.
2. Matematika fanidan baholashdagi muammolar tahlili.
3. Turli mamlakatlardagi baholash tizimlari.
4. Baholashga yangicha yondashuvlar.
5. Dars maqsadlari va baholash mezonlari orasidagi mutanosibliklar.
6. O‘zlashtirish darajalari.
Matematika fanidan o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va
kompetensiyalarini baholash.
Baholash
Baholash o‘quv jarayonining muhim va zaruriy tarkibiy qismi bo‘lib, u
ta’limning joriy va yakuniy bosqichlarida o‘quvchilar faoliyati to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish jarayonidan iborat.
Baholashning maqsadi, vazifalari, predmeti, ob’ekti, tamoyillari, usullari,
shakllari va vositalari ta’lim jarayonining barcha sub’ektlari – maktab ma’muriyati,
o‘qituvchilar, ota-onalar va o‘quvchilar uchun tushunarli bo‘lishi kerak.
Baholash tizimi – bu yutuqlarni o‘lchash va o‘quv muammolarini
diagnostika qilishning asosiy vositasidir. U ta’lim sifatini, uning jahon
standartlariga muvofiqligini aniqlashga, o‘qitish strategiyasi va taktikasi hamda
ta’lim sohasidagi zamonaviy vazifalar, ta’lim mazmunini va ta’limning
kutilayotgan natijalarini baholovchi shakllarini takomillashtirish bo‘yicha asosiy
qarorlarni qabul qilishga imkon beradi.
Baholash – aslida olingan natijalar va rejalashtirilgan maqsadlarni o‘zaro
bog‘lash jarayonidan iborat.
Baholash tizimining maqsadi Davlat ta’lim standartida belgilangan
talablarni bajarilishida o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va kompetensiyalarini
xolisona baholash, ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini rag‘batlantirish va
reytingini aniqlashdan iborat.
|