• 47- rasm. Murtakni bachadon shoxiga noxirurgik usulda kuchirib o’tkazish
  • -rasm. Murtakni kuchirish uchun kateter




    Download 2,5 Mb.
    bet28/75
    Sana09.10.2024
    Hajmi2,5 Mb.
    #274377
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   75
    Bog'liq
    Akusherlik MT

    46-rasm. Murtakni kuchirish uchun kateter: 1- temirdan tayyorlangan naycha; 2- stilet; 3-polipropelin naycha; 4- muhit; 5-havo; 6- murtak bor muhit; 7- filtr.

    Murtakni ko’chirish uchun hayvon stanokda fiksasiya qilinadi, dumi bint bilan bo’yniga bog’lab ko’yiladi. To’g’ri ichak tozalanadi. Rektal usul bilan qaysi tuxumdonda sariq tana mavjudligi va uning holati aniqlanadi. Tashqi jinsiy a’zolar va chot sohasi iliq suv bilan sovinlanib yuviladi va 96%-li diosit yoki etanol bilan zararsizlantiriladi. Bachadon qisqarishini kamaytirish, to’g’ri ichak devori muskullarining qisqarishlari va defikasiyaning oldini olish uchun dumg’aza va birinchi dum umirtqalari orasiga 5-10 ml 2%-li novokain epidural usulda yuboriladi.


    Resipiyent hayvon xuddi murtakni noxirurgik usulda yuvib olishdagidek tartibda tayyorlanadi. Aslaha qinga yuborilib, bachadon bo’yniga yetgach uning ustidagi g’ilofi olinadi, keyin to’g’ri ichak orqali barmoq yordamida nazorat qilish bilan bachadon bo’yni kanali orqali bachadon shoxining uchiga yaqin (taxminan 10 sm chuqurlikka) yuboriladi (47-rasm). Keyin shpris porsheniga bosilibnaychadagi suyuqlik chiqariladi va aslaha ohista harakat bilan bachadondan chiqarib olinadi. Bunda murtakning yashab ketishi 50 % gacha bo’lishi mumkin.
    Murtakni muvaffaqiyatli ko’chirilishiga ta’sir etuvchi omillar:
    1. Resipiyent hayvonlarning sog’lom bo’lishi va ularda jinsiy siklning sifati;
    2. Donor va resipiyentda jinsiy sikl qo’zg’alish bosqichlariniig namoyon bo’lish sinxronligi;
    3. Murtakning rivojlanish bosqichi va uning sifati;
    4. Murtakni bachadon shoxiga yuborilgan joyi;
    5. Bachadonga mikroorganizm va zamburug’larning tushishiga yo’l qo’ymaslik;
    6. Kateterni yuborishda bachadon shilliq pardasini jarohatlamaslik;
    7 . Murtakni kuchiruvchi mutaxassisning malaka darajasi.


    47- rasm. Murtakni bachadon shoxiga noxirurgik usulda kuchirib o’tkazish: 1- murtakni kuchirish uchun aslaha; 2- bachadonni bo’yni va 3- shoxi; 4- tuxumdon; 5- to’g’ri ichak orqali yuborilgan qo’l.

    Murtak kuchirib o’tkazilgan hayvonlar uchun zoogigiyenik talablar asosida saqlash va oziqlantirish sharoitlari yaratiladi. Turli travmalar va stress ta’sirlarning oldi olinadi. Bo’g’ozlik murtakni kuchirishning birinchi oylarida refleksologik usullar yordamida, 2 oy o’tgach, to’g’ri ichak orqali aniqlanadi.


    Donor va resipiyent hayvonlar sog’lom, mustahkam konstitutsiyali, yuqumli va invazion kasalliklardan holi bo’lishi lozim. Donor sigirlar har 6 oyda bir marta sil, brusellyoz, leptosperoz, kampilobakterioz, trixomonoz va har 12 oyda yuqumli rinotraxeit, paratuberkulyozli enterit kasalliklariga tekshirilib turiladi.



    Download 2,5 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   75




    Download 2,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Murtakni kuchirish uchun kateter

    Download 2,5 Mb.