Reja:
1.
O'zbekiston Respublikasi uchun ham iqtisodiy rivojlanishning usutuvor
yo'nalishlari
2.
Mamlakat miqyosida sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish
Jahon hamjamiyatiga integratsiyalashayotgan O'zbekiston Respublikasi uchun ham iqtisodiy rivojlanishning
usutuvor yo'nalishlarini aniqlab olish kabi muhim masalalar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil
7-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida" PF-
4947-sonli Farmonida belgilab berildi.
Qayd etish kerakki, mazkur me'yoriy- huquqiy hujjatda O'zbekiston
Respublikasini taraqqiy ettirishning bir qancha yo'nalishlari bilan bir qatorda "Iqtisodiyotni rivojlantirish va
liberallashtirishning ustuvor yo'nalishlari" bo'linmasida tarkibiy o'zgartirishlami chuqurlashtirish, milliy
iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini, xususan, sanoat ishlab chiqarishini modernizatsiya va diversifikatsiya
qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish masalalariga qaratilgan mulohazalar keltirib 0'tildi. Bundan
tashqari, mamlakat miqyosida sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirishga doir bir qancha me'yoriy-huquqiy
hujjatlar ham ishlab chiqildi. Dastlabki yo'nalish O'zbekistonda sanoat ishlab chiqarishining muayyan bir
tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan me'yoriy-huquqiy hujjatlardir.
Qayd
etish kerakki, mazkur me'yoriy-huquqiy hujjatda O'zbekiston Respublikasini taraqqiy ettirishning bir
qancha yo'nalishlari bilan bir qatorda "Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor
yo'nalishlari" bo'linmasida tarkibiy o'zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi
tarmoqlarini, xususan, sanoat ishlab chiqarishini modemizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning
raqobatbardoshligini oshirish masalalariga qaratilgan mulohazalar keltirib o'tildi.
Bundan tashqari, mamlakat miqyosida sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirishga doir bir qancha me'yoriy-
huquqiy hujjatlar ham ishlab chiqildi. Dastlabki yo'nalish O'zbekistonda sanoat ishlab chiqarishining muayyan
bir tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan me'yoriy-huquqiy hujjatlardir. Mamlakatimizda sanoat ishlab
chiqarishini rivojlantirish, yangi industrial tarmoqlarni shakllantirish, sanoat korxonalarini modernizatsiya
qilish va ularni qayta jihozlash, mahsulotlar eksportini oshirish bilan bog'liq ishlar bevosita investitsion jarayon
bilan bog'liq.
Shunday ekan, sanoat ishlab chiqarishini taraqqiy ettirishga doir qabul qilingan me'yoriy aktlar
bevosita investitsiya faoliyatini yuritishga oid tashkiliy-huquqiy hujjatlar bilan uzviy bog'liq ravishda ishlab
chiqilishi va bir-birini to'ldirishi tabiiy.
O'zbekiston Respublikasida ham investitsiya faoliyatiga oid ko'plab me'yoriy - huquqiy hujjatlar ishlab
chiqilgan bo'lib, ularning eng asosiysi bu "Investitsiya faoliyati to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi
Qonuni hisoblanad.
Mamlakatimiz sanoat korxonalarida innovatsion boshqaruv samaradorligini oshirishda korxonaning
strategik rivojlanish maqsadlarida innovatsion faoliyatga oid rivojlanish yo'nalishlarini shakllantirish,
innovatsiyalarni amaliyotga tabiq etish bo'yicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadga muvofiq.
Bunda innovatsion boshqaruv maqsadlari daraxtini shakllantirishda yuqorida taklif etilgan usuldan
foydalanish yuqori samaradorlikka erishish bilan bir qatorda, korxonaning innovatsion rivojlanishining
barqarorligini ta'minlash uchun zamin yaratadi
Sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish, korxonaning innovatsion
boshqaruvi samaradorligi
ko'rsatkichlari ta'sirida o'zgarishi mumkin bo'ladi. Ya'ni sanoat korxonasida innovatsion boshqaruv to'g'ri
tashkil etilgan bo'lib, mahsulot ishlab chiqarish jarayonlari texnik va yexnologik jihatdan zamon talablariga
qanchalik mos bo'lgani sari ishlab chiqarish hajmi shunchalik yuqori sur'atda ortadi.
Asosiy e'tiborni mamlakatimizda sanoat korxonalarining innovatsion boshqaruvi mexanizmini rivojlantirishni
rag'batlantirishga qaratilgan davlat dasturlarini ishlab chiqishga qaratish maqsadga muvofiq. Bunda hududiy
tamoyil asosida sanoat korxonalarini innovatsion rivojlantirish yo'liga o'tkazish zarur. Shuningdek, viloyatlar
kesimida ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini innovatsion
rivojlanish
yo'liga o'tkazish, ularni global darajadagi raqobatbardoshlik indeksi ko'rsatkichlarini muntazam ravishda
takomillashtirish imkoniyati vujudga keladi.
Sanoat korxonalarining innovatsion faoliyati, ularning rivojlanishidagi mavjud muammolarini monitoring
qilish hududiy innovatsion sanoat markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, sanoat
korxonalarining uzoq muddatli davr uchun mo'ljallangan innovatsion rivojlanish dasturlari va ularni amalga
oshirish bo'yicha chora-tadbirlari hududiy sanoat korxonalarini rivojlantirish markazlari tomonidan o'rganilib,
ularni moliyalashtirish va tegishli imtiyozlardan foydalanish bo'yicha amaliy yordam ko'rsatiladi.
Korxonaning innovatsion boshqaruvi samaradorligiga doimiy ravishda ichki va tashqi omillar o'z ta'sirini
ko'rsatib turadi. Zamonaviy iqtisodiy munosabatlar tizimida ichki omillar qatoriga tadbirkorlik
qobiliyati,
korxona personali, kommunikatsiya samaradorligi, korxonaning tashkiliy tuzilishi,
innovatsion faoliyatning
bozorga yo'naltirilganligi va innovatsiyalar uchun resurslarning yetarlilik darajasi kabi omillar kiradi.
Korxonaning innovatsion boshqaruvi samaradorligiga ta'sir ko'rsatuvchi tashqi omillarga esa mamlakatda
maslahat va konsalting xizmatlari, moliyaviy yordam, innovatsion faoliyatni rag'batlantirish va qonunchilik
kabi omillar inobatga olinishi zarur.