40
namunalaridir. Ana shunday namunalari borki, ijrosi professional mahoratni talab
etadi. Shu xususiyatiga ko’ra xalq orasida qo’shiq ijrochilari qo’shiqchi, xalfa,
satang, go’yanda (nahvagar), ashulakash (ashulachi), laparchi, o’lanchi tarzida
farqlanadi. Qo’shiqchi ko’pincha to’rtliklarni ijro etsa-da, aslida nisbatan kengroq
ma’noda, umuman, qo’shiq ijrochisi va ijodkori bo’lsa, go’yanda (nahvagar)
asosan yig’i-yo’qlovlarni kuylashga ixtisoslashgan qo’shiqchidir. Ashulakash yoki
ashulachi ko’pincha maqom tarkibidagi qo’shiqlarni yoki katta ashula deyilguvchi
jo’rsiz ijro etiladigan qo’shiqni kuylay oladiganlardir. Laparchi raqsga tushgan
holda qo’shiq aytuvchi bo’lsa, o’lanchi to’y marosimi qo’shiqlarini ijro etuvchidir.
Xalfa Xorazmda keng tarqalgan ayol qo’shiqchiligi bo’lib, ular ham to’y, ham aza
qo’shiqlarini baravar ijro etaveradilar. Satang Namanganda xalq qo’shiqlarini doira
jo’rligida ijro etuvchi ayollardir.
35
Shuni ham aytish kerakki, xalq qo’shiqlari turli joylarda turlicha ijro etiladi.
Chunonchi, Farg’ona vodiysidagi yor-yor ijrosi Buxorodagidan va o’z navbatida,
Xorazmdagi yor-yor bularning har ikkalasidan ham farq qiladi. Bu farq yor-yor
ohangidagina emas, hatto naqarotida ham seziladi. Farg’onada va Toshkent
vohasida «yor-yor» naqaroti (radifi) ommaviyroqdir. Katta qo’shiq deyilguvchi
jo’rsiz ijro etiladigan qo’shiq, asosan, Farg’ona vodiysi va Toshkent atroflarida
uchrasa-da, O’zbekistonning boshqa joylari uchun xos emas. Farg’ona qo’shiq
ijrochiljgida dutor va doira jo’rligi nisbatan faoi bo’lsa, Buxoroda tanbur va doira,
Xorazmda esa tor, garmon hamda doira shunday mavqega ega.
To’rtliklar yakka ijro etilsa, yor-yorlar jamoa (kollektiv) tarzida, yalla va
laparlar raqs va kuy uyg’unligida ijro etiladi.
O’zbek xalq qo’shiqlalining kompozitsion qurilishi o’ziga xos bo’lib,
tadqiqotchilar uning ikki sathiy ko’rinishda boiishini qayd etadilar."
Birinchi ko’rinishdagi kompozitsion sathi, asosan,