72
Masalan, charx va yorg’ichoq ishlatilmay qolgandan buyon charx va yorg’ichoq
qo’shiqlari ham kuylanmay qoldi.
Mehnat qo’shiqlarida mehnat va unda qo’Uaniladigan narsalarning nomi
uchraydi va ularga murojaat qilinadi. ^Mehnat qo’shiqlarining ritmik qurilishi
sodda, poetik tili va qofiya tizimi oddiy bo’ladi. Ularda murakkab poetik obrazlar,
ko’chimlar uchramaydi. Sanab o’tilgan bu xususiyatlar mehnat qo’shiqlarini
mehnat haqida yaratilgan qo’shiqlardan farqlashga yordam beradi.
Mehnat qo’shiqlari marosimga aloqasizdir. Lekin dastlabki ayrim namunalari
ba’zi agrar marosimlarga aloqadoriikda yuzaga kelgan bo’lishini ham inkor etib
bo’lmaydi. Masalan, qo’sh qo’shiqlari dalaga qo’sh chiqarish uchun
o’tkazilgan.»Shox moylan> marosimiga qaysidir jihatlariga ko’ra yaqinlik hosil
qiladi.
Mehnat qo’shiqlari mehnat turlariga qarab har xil bo’ladi. Ularni maxsus
tadqiq qilgan K.Ochilov mehnat qo’shiqlarini tubandagi uch katta guruhga bo’lib
o’rganadi:
Aslida bu tasnif ham nomukammaldir. Zero, qachonlardir ovchilik va savdo-
sotiqqa aloqador mehnat qo’shiqlari ham bo’lgan. Bulardan tashqari, harbiy
asirlikka va qamoqxonalarga tushganlarning ham o’z qo’shiqlari bo’Iganligi
shubha uyg’otmaydi. Ammo bunday qo’shiqlar vaqtida yozib oiinmagan, shu
sababli ular haqida hozircha bir narsa deyish qiyin.