|
Elektron raqamli imzo nega kerak va uni qanday olish mumkin?
|
bet | 2/5 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 30,87 Mb. | | #101689 |
Bog'liq Kiber xavfsizligi Mustaqil ish5-MAVZU
5.1. Elektron raqamli imzoning mohiyati.
5.2. Sharh.
Elektron raqamli imzo nega kerak va uni qanday olish mumkin?
Kundalik faoliyat raqamli platformaga ko‘char ekan, virtual tarmoqda erkin va xavfsiz, ishonchli harakatlanish, shaxsni tasdiqlash va jarayonlarni amalga oshirish uchun har bir kishiga elektron raqamli imzo kerak bo‘ladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining bugungi qonunchilik talablariga ko‘ra, elektron raqamli imzo bo‘lmagan taqdirda, davlat organlarining interaktiv xizmatlaridan foydalanib, shuningdek Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ko‘rsatiladigan xizmatlardan ham foydalanib bo‘lmaydi. Xususan, biror davlat idorasiga ariza, murojaat, taklif yuborish uchun ham, sizning shaxsingizni tasdiqlaydigan, o‘zaro ishonchli hamkorlikni ta’minlaydigan elektron raqamli imzoga ega bo‘lishingiz kerak bo‘ladi.
Elektron raqamli imzo nima?
Elektron raqamli imzo – davlat idoralari bilan o‘zaro munosabatni o‘rnatishda jismoniy yoki yuridik shaxsga elektron xatti-harakatlarini tasdiqlash uchun zarur bo‘ladigan, mas’ul davlat organi tomonidan taqdim etilgan, elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo.
Sodda tilda aytsak, bu – shaxsning raqamlardan iborat elektron imzosi va uning kuchi shaxsning qo‘lda chekilgan imzosiga tenglashtiriladi.
Elektron raqamli imzo nimaga kerak?
Elektron raqamli imzo yordamida elektron hujjatlarni imzolash, masofadan turib davlat xizmatlaridan foydalanish mumkin.
Elektron raqamli imzo noyobligi, nusxa olish ya’ni ko‘paytirib bo‘lmasligi bilan, hujjatni imzolagan shaxsni tasdiqlashi bilan, qalbakilashtirishning imkonsizligi bilan o‘ziga xosdir.
Elektron raqamli imzo nimaga kerak va undan foydalanish muddati qancha?
Misol uchun, uning yordamida bugun Yagona bportal orqali ko‘rsatilayotgan 240 dan ziyod interaktiv xizmatlardan foydalanish mumkin.
ERI kaliti foydalanuvchisi o‘zining kalitidan 24 oy muddat mobaynida foydalana oladi. Uni uzaytirish uchun siz elektron raqamli imzo kalitini olingan Ro‘yxatga olish markaziga murojaat qilishingiz zarur.
|
| |