JUVALI MAYDALAGICHLAR
Juvali maydalagichlar yepishkok va nam materiallar-loy, bur, nam
mergel xamda kattik jinslari urtacha va mayda maydalash uchun kullaniladi.
Ishlash prinsipi ezish, kisman ishkalash, zarb va egish. Juvalar soni buyicha
bir juvali, ikki juvali va kup juvali xillarga bulinadi. Ikki juvali
maydalagichlar tuzilish jixatidan bir juft kuzgaluvchan podshipnikli va ikki
juft kuzgaluvchan podshipnikli xillarga bulinadi. Juvalar sillik, taram-taram
va tishli bulishi mumkin.
Bir juvali maydalagichlar.
Bir juvali maydalagichlar urtacha kattiklikdagi materiallarni,
oxaktoshlarni, kattik loyni; slanetslarni yirik maydalash uchun ishlatiladi. Bir
juvali tishli maydalagich bitta tishli juvali va kuzgalmas yuzadan iborat. Yuza
ukka urnatiladi, uni bu vaziyatda prujinali tortki tutib turadi, shu tufayli
mashinaga maydalanmaydigan material tushib kolganda yuza orkaga surilib
unga yul beradi. Juvaning diametri 400-1600 mm, uzunligi diametridan 1,5-3
marta katta.
Uncha kattik emas oxaktoshlar va mergellarni xamda yumshok jinslar,
urta nam xom ashesini maydalash uchun yuza-juvali maydalagich kullaniladi
(12 rasm.). U 100 mm balandlikdagi, chikikli aylanuvchi juvali va sharnirli
urnatilgan kuzgaluvchan yuzadan iborat. Yuzaning pastki uchuni prujinali
tortki tutib turadi.
21
Rasm 12. Bir juvali maydalagich
Rasm 13. Ikki juvali maydalagichlar.
Ikki juvali maydalagichlar
Bir juft kuzgaluvchan podshipnikli ikki juvali maydalagichlar keng
tarkalgan. Maydalagich bir-biriga karab aynaladigan ikkita juvali 1 va 2 (13
rasm) dan iborat. Juvalar vallarga maxkamlangan podshipniklarga tiraladi. Bir
juft podshipnik ramaga kuzgalmas kilib urnatilgan (14 rasm. a, b) ikkinchi
22
juft esa ramadagi yunaltiruvchilarda surilishi mumkin, chunki shu
podshipniklar bilan rama tiraklari orasida prujina 3 bor.
Rasm 14. Bir juft podshipnikli, ikkinchi juft podshipnikli juvali
maydalagich.
Prujina borligi tufaydi maydalagich puxta ishlaydi, chunki metall yeki
boshka maydalanmaydigan narsalar tushib kolganda juva orkaga suriladi va
xaligi narsa zonadan bemalol chikib ketadi. Juvalarni elektrdvigatel, tasmali
va tishli uzatmalar orkali xarakatlantiradi. Materialning xossalariga karab
sillik, riflyali, taram-taram yeki tishli juvalar ishlatiladi. Sillik juvalar bilan
kattik materiallar, tishli juvalar bilan plastik materiallar (bur, loy)
maydalanadi. Juvalar bir xil yeki xar xil tezlikda aylanganda materiallar
ezilibgina kolmay, ishkalanadi xam kattik jinslarni maydalashda ikki juvali
maydalagichlarning maydalash darajasi i = 3-5, nam materiallarni
maydalashda i = 8-10.
Kup juvali maydalagichlar shaxtali pechlarda shaxtadan materialni
chikarishda kulaniladi.
Juvali maydalagichlar juvalarning diametri va uzinligi bilan
ifodalanadi. Juvalarning diametri kancha katta bulsa, maydalash uchun
shuncha yirik bulaklarni uzatish mumkin. Xar xil juvali maydalagichlarda
juvali diametri bilan maydanalanadigan bulaklar orasidagi nisbat kuyidagicha:
Sillik, juvalar uchun D_ = 18 : 22
d
Taram-taram juvalar uchun
__
D_ = 10 : 12
d
Tishli juvalar uchun
__
D_ = 1,5 : 4,5
d
Ikki juvali maydalagichlarda kamrov burchagi deb material bulagi
juvali sirtiga tegib turgan nukta orkali utkazilgan urinmalar xosil kilgan
23
burchakka aytiladi. Bunda d – ishkalanib burchagi d ≤ 2 U, tg φ = f –
sirpanma ishkalanish koeffitsienti kattik jinslar uchun f –0,3; nam va
yumshok jinslar uchun f –0,45
Ish unumdorligi. Juvalarning uzunligi d , juvalar orasidagi ye bulsa,
chikaetgan material lentasining kesim F = de. Chikaetgan material
lentasining tezligi W m/s. Vakt birligida juvalardan chikaetgan materialning
xajmi nazariy jixatidan eLW m/s ni tashkil kiladi.
Faraz kilaylik, material lentasining chikish tezligi taxminan juvalarning
aylanma tezligiga teng bulsin.
V
ayl
= PDp
Q = PDp · L · ye · μ · ρ κg/s [33]
Bunda D
- juvalar diametri, m;
E- juvalar orasidagi tirkish eni, m;
L - juvalar uzunligi, m;
h - sekundiga aylanishlar soni;
ρ - materialning xajmiy zichligi, kg/m;
μ - yumshatish koeffitsienti. Kattik jinslar uchun μ = 0,2-0,3 nam
va yepishkok materiallar uchun μ = 0,5-0,7.
|