Urganch davlat pedagogika instituti aniq va amaliy fanlar fakulteti fizika-matematika va texnologik ta’lim kafedrasi




Download 25,4 Kb.
bet4/5
Sana02.06.2024
Hajmi25,4 Kb.
#259301
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5309845394912460671

Nega oʻqitamiz? Nimani oʻqitamiz? Qanday oʻqitamiz?
savollariga javob izlash bilan bir qatorda
Qanday qilib samarali va natijali oʻqitish mumkin? - degan savolga ham javob qidirdilar. Natijada oʻquv jarayonini texnologiyalashtirishga, ya’ni oʻqitishni ishlab chiqarishdagi kabi aniq natija beradigan texnologik jarayonga aylantirishga erishish mumkin- degan fikr yuzaga keldi.
Bunday fikrning tugʻilishi pedagogika fanida pedagogik texnologiya yoʻnalishini yuzaga keltirdi.
Bugungi kunda inklyuziv ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishga alohida e’tibor berilayotganligining asosiy sababi qoʻyidagilardir:
Birinchidan, ta’lim siyosatida rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan boʻlib, unga pedagogik texnologiyalardan foydalanishsiz, ya’ni shaxsni rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirishsiz erishilmaydi.
Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalar oʻquv-tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi.
Uchinchidan, pedagogik texnologiya oʻqituvchini ta’lim-tarbiya jarayonining maqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha boʻlgan texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undaydi.
Oʻquv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning toʻgʻri joriy etilishi oʻqituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa, oʻquvchidan koʻproq mustaqil ishlash, ijod qilish va iroda kabi sifatlarni talab etadi.
Pedagogik texnologiya asosida oʻtkazilgan mashgʻulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolariga oʻz munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, oʻz nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi.
Hozirgi zamon ta’lim tizimidagi amaliy tajriba shuni koʻrsatadiki, oldindan puxta loyihalashtirilgan dars, albatta, oʻqituvchi va oʻquvchiga darsni qiziqarli boʻlishi, shunindek ijobiy natijaga erishishlariga imkoniyat yaratadi hamda darsning samaradorligini oshiradi.
Ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyani tadbiq etish yuqorida qayd etilgan dolzarb muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiladi.
Texnologiya (yunon. “techne” – mahorat, san’at, “logos” – tushuncha, ta’limot) – muayyan (ishlab chiqarish, ijtimoiy, iqtisodiy va b.) jarayonlarning yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil etilishi Ta’lim texnologiyasi (ingl. “an educational technology”) – ta’lim (oʻqitish) jarayonining yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil etilishi.
Ta’lim texnologiyasi – ta’lim maqsadiga erishish jarayonining umumiy mazmuni, ya’ni, avvaldan loyiщalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida, bosqichma-bosqich amalga oshirish, aniq maqsadga erishish yoʻlida muayyan metod, usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda ta’lim jarayonini yuqori darajada boshqarish.
Oʻqituvchining samarali faoliyat koʻrsatishga undovchi darsning metodik ishlanmasini puxta ishlab chiqishdan farqli oʻlaroq, ta’lim texnologiyasi imkoniyati cheklangan bolalar faoliyatiga nisbatan yoʻnaltirilgan boʻlib, u imkoniyati cheklangan bolalarning shaxsiy hamda oʻqituvchi bilan birgalikdagi faoliyatlarini inobatga olgan holda, oʻquv materiallarini mustaqil oʻzlashtirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.
Ta’lim texnologiyasining markaziy muammosi – ta’lim oluvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat.
Pedagogik texnologiya nazariyasi oʻtgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab asoslanib kelinayotgan boʻlsada, aynan “pedagogik texnologiya” tushunchasiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Xususan, pedagog olim V.P.Bespalko pedagogik texnologiyani “amaliyotga tadbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi” deya ta’riflaydi hamda asosiy diqqatni oʻquv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratadi1.
Oʻz mohiyatiga koʻra pedagogik texnologiya vaqt taqsimotiga muvofiq dasturlanib, ilmiy jiщatdan asoslangan щamda kutilgan natijaga erishishni ta’minlovchi pedagogik jarayonning barcha bosqich va qismlarining vazifalari aniq belgilangan tizimni ifodalaydi.
Hozirgi kunda zamonaviy pedagogikada ta’limning shunday modellari yaratildiki, ular ta’limga texnologik jarayon sifatida yondashilib, ma’lum sharoitlarda va belgilangan vaqt ichida koʻzlangan maqsadlariga erishishni kafolatlaydi va keng imkoniyatlar beradi. Pedagogik innovatsiyalashuvni ta’limning ilmiy bilimlar, metodologiyalarini jamiyat rivojlanishi, ta’limga qoʻyilayotgan ijtimoiy buyurtmaning jahon talablari darajasiga bogʻliq holda moslashuvchanligi deb talqin etish mumkin. Ta’limni texnologiyalashtirishning asosini ta’lim jarayoni va uning samaradorligini oshirish hamda ta’lim oluvchilarni berilgan sharoitlarda, ajratilgan vaqt ichida loyihalashtirilayotgan oʻquv natijalarga erishishlarini kafolatlash maqsadida toʻliq boshqarish gʻoyasi tashkil etadi. Pedagogik texnologiya – ta’lim usuli, ma’lum ma’noda ta’lim-tarbiya jarayonlari, vositalari, shakl va usullari majmuyi. Ta’lim va tarbiya jarayonini optimal tashkil etish hamdir. Oʻquv materiallarini tanlash, qayta ishlab, oʻqituvchi va oʻquvchilarning kuchiga, oʻzlashtirish xususiyatlariga moslab shakl hajmni oʻzgartirish ham ta’lim texnologiyasiga daxldor. Pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiyaning obyektiv qonuniyatlari, diagnostik maqsadlar asosida oʻquv jarayonlari, ta’lim-tarbiyaning mazmuni, usul va vositalarini ishlab chiqish va takomillashtirish tizimi: fan va texnika yangiliklarini oʻzida mujassamlashtiradigan oʻquv jarayonidir.
V.P.Bespalko pedagogik texnologiyaning quyidagi ta’rifini keltiradi: “Pedagogik texnologiya - bu oʻqituvchi mahoratiga bogʻliq boʻlmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlaydigan oʻquvchi shaxsini shakllantirish jarayoni loyihasidir”.



Download 25,4 Kb.
1   2   3   4   5




Download 25,4 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Urganch davlat pedagogika instituti aniq va amaliy fanlar fakulteti fizika-matematika va texnologik ta’lim kafedrasi

Download 25,4 Kb.