Urganch davlat pedagogika instituti aniq va amaliy fanlar fakulteti fizika-matematika va texnologik ta’lim kafedrasi




Download 25,4 Kb.
bet3/5
Sana02.06.2024
Hajmi25,4 Kb.
#259301
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5309845394912460671

Tarbiya deb - pedagog o‘zi hohlagan sifatlarini tarbiyalanuvchilarning ongiga singdirishi uchun ularning ruhiyatiga ma’lum maqsadga ko‘ra tizimli ta’sir ko‘rsatishiga aytiladi.Tarbiya bola tug‘ilganidan umrining oxirigacha davom etadigan jarayondir.
Tarbiya – biror maqsadga qaratilgan jarayon, u doimo muayyan rejaga ega bo‘ladi va buning uchun maxsus vakolatga ega bo‘lgan kishilar tomonidan amalga oshiriladi.
Inklyuziv maktabda tarbiyaning hayot bilan, amaliyot bilan bog‘liqlik tamoyili yetakchi tamoyil hisoblanadi.
Inklyuziv maktab o‘quvchilarini jamoada jamoa orqali va jamoa uchun tarbiyalash tamoyili ham o‘ziga xos o‘ringa ega. Jamoa shunday «mashq maydonidirki», unda shaxsning hilma-xil fazilatlari mashq qilinadi va shakllanib boradi.
Birgalikda faoliyatda, bir maqsadni ko‘zlab tashkil etilgan jamoa harakatlarida insonga nisbatan mumkin qadar ko‘proq talabchanlik qilish va shu bilan birga unga mumkin qadar ko‘proq hurmat bilan qarash kerak. Shu tamoyilga amal qilish rivojlanishida muammosi bo‘lgan o‘quvchilarning ruhini tushirmaydi, balki ularning kuchiga erkinlik beradi.
Tarbiyaviy ta’sirning izchilligi, tizimliligi, yaxlitligi va uzluksizligi tamoyili ham tarbiyaviy tadbirlarning samarador bo‘lishida zaruriy tamoyillardandir.
Inklyuziv maktablardagi o‘ziga xos tarbiyaviy tamoyillardan yana biri maktab o‘quvchilarining yoshi va individual xususiyatlarini e’tiborga olishdir. Bu tamoyilni amalga oshirishda o‘quvchilar faoliyatini ularning yoshi, hayotiy tajribasi, kuchi va imkoniyatlariga muvofiqlashtirish talab etiladi. Ayni vaqtda har bir bola-bu alohida olamdir. Shu sababli tarbiya jarayoni ta’lim jarayoniga qaraganda ham ancha individual bo‘lishi kerak.
Inklyuziv maktab pedagoglari barcha ta’lim-tarbiya jarayonlarida umumiy kamolotida biror nuqsoni bor bolalar bilan ishlayotganligini hech qachon unutmasligi kerak. Shundagina, ular amalda uchrab turadigan har xil ko‘ngilsiz, noxush holatlarni to‘g‘ri tushunadilar va ularning oldini oladilar.
Imkoniyati cheklangan bolalarning xarakter xususiyatlariga xos xulq-atvor, fe’lidagi injiqliklar, qaysarliklar, o‘jarliklar, buzg‘unchi harakatlar va b. salbiy holatlarni oldini olishda pedagogning individul yondashish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari muhimdir.
Inklyuziv maktabda tarbiya usullarining qo‘llanish samaradorligi va harakatlantiruvchi kuchlari, rivojlanishida muammosi bo‘lgan bolalarning individual-tipologik xususiyatlari va tarbiyalanganlik darajasi bilan, bola yashayotgan muayyan muhit-vaziyatning tabiati bilan qanchalik hisoblashishiga ham bog‘liq. Tarbiya usulidan foydalanish bolalarning ruhiy, jismoniy holatiga mos kelsagina muvaffaqiyatli bo‘ladi: Amalda tarbiya usullari o‘zaro ancha murakkab, ba’zan esa, qarama-qarshi aloqada namoyon bo‘ladi. Shubhasizki, qandaydir alohida usul tarbiyaning boshqa usullaridan ajralgan holda qo‘llanishi ham mumkin, lekin u albatta boshqa usullar bilan o‘zaro aloqani saqlaydi. Inklyuziv maktabda pedagog tarbiyalanuvchilarga maktabda, sinfda yurish-turish qoidalarini, o‘rtoqlari bilan muomalani o‘rgatadi. O‘qituvchi ham birinchi kundayoq o‘z sinfini, butun maktabni ko‘rsatadi, o‘quvchilar o‘zlarini qanday tutishlarini, ular qanday shug‘ullanishlarini, darsda qanday o‘tirishlari, tanaffus vaqtida qanday dam olishlari lozimligini o‘rgatadi. Inklyuziv maktab ostonasiga qadam qo‘ygan imkoniyati cheklangan bola dastlab moslashish davrini boshidan kechiradi. Pedagog shu paytda tushuntirish, namuna ko‘rsatish, namoyish va b. usullardan foydalanib, imkoniyati cheklangan bolani muassasa maydonida va atorfdagilarga o‘z extiyojini bildirish uchun mustaqil harakatlanish qoidalarini o‘rgatadi.
Inklyuziv maktabga kelgan birinchi sinf o‘quvchilari rivojlanishi, xususiyatlari jihatidan xilma-xildir. Birlari pedagog gaplarini tushunib, barcha tarbiyalanuvchilarga qaratilgan uning iltimosini tezda bajaradilar, topshiriqlarni qunt bilan ishlaydilar. Ayrimlari esa, pedagogning gapiga yaxshi quloq solmaydilar, tushunmaydilar, pedagogning hamma tarbiyalanuvchilarga qilgan murojaatini darhol anglab yetmaydilar. Inklyuziv maktab bolalari har bir topshiriq yakunida pedagog tomonidan rag‘batlantirilishni kutadi. Dastlabki kunlardanoq pedagog tarbiyalanuvchilarning ayrimlarini yaxshi xulqi uchun maqtab qo‘yadi, boshqalariga esa, gapga e’tibor bilan quloq solish kerakligini tushuntiradi.
Shu tarzda rivojlanishida muammosi bo‘lgan bolalarni tarbiyalash jarayonida inklyuziv maktab pedagogsi ta’sir etishning turli usul va yo‘llaridan foydalanadi.
Inklyuziv maktab o‘quvchilari bilan amaliy ishlashda tarbiya usullaridan foydalanish ko‘nikmalari va malakalarini o‘rganish va hosil qilish qulay bo‘lishi uchun ularni shartli ravishda bir necha guruhga birlashtirish mumkin. Inklyuziv maktab o‘quvchilari ongini shakllantirish usullari, jamoatchilik xulq-atvorini shakllantirish yo‘llari, rag‘batlantirish usullari va o‘z-o‘zini tarbiyalash usullari ham qo‘llaniladi. Shuni aytib o‘tish o‘rinliki, ayrim adabiyotlarda yuqorida aytib o‘tilgan tarbiya usullari ham son jihatidan ba’zan mazmun jihatdan ham o‘zgacha bayon etilgan. Ayrim adabiyotlarda tarbiya usullari 3 ta: mashq qildirish, ishontirish va rag‘batlantirishdan iborat deyilgan. Ayrim adabiyotlarda esa, tarbiyaning usullari ta’lim usullari bilan ug‘unlashgan holda talqin etiladi.
Inklyuziv maktab o‘quvchilarida dunyoqarash va e’tiqodlar tizimini shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-to‘yg‘usi va irodasiga har tomonlama ta’sir ko‘rsatish usullari ham tarbiya usullariga kiradi. Bu toifadagi usullarning mohiyati shundan iboratki, ularning vositasi bilan jamiyatning yosh avlodga nisbatan qo‘llayotgan talablari bola ongigayetkaziladi.
Inklyuziv maktab o‘quvchilarini tarbiyalashda pedagog dasturxon atrofida, ko‘chada, kattalar bilan muomalada to‘g‘ri xatti-harakatlar qilish odatlarini tarkib toptirishga, ana shu muomaladan zavqlanish, yaxshi xulqi uchun kattalar maqtovidan mamnun bo‘lish tuyg‘usini shakllantirishga ko‘proq e’tibor beradi. Inklyuziv maktab quyi sinflarida tushuntirish e’tiqod hosil qilishning keng qo‘llaniladigan usulidir.
Tushuntirishdan maqsad-bolaga hatti-harakatlar, voqealar, hodisa-larga nisbatan u yoki bu talablarning ijtimoiy, ma’naviy, estetik mazmunini ochib berishda, unga xulq-atvor va insoniy munosabatlarga to‘g‘ri baho berishni shakllantirishda ko‘maklashishdan iborat.
Inklyuziv maktabda o‘qituvchining jonli so‘zi hamisha bola shaxsining g‘oyaviy va ma’naviy shakllanishida ta’sirchan bo‘lib keldi va shunday bo‘lib qoladi.
Tarbiyaviy mazmunli suhbatlar turli mazmunlarda: etik (jamiyatdagi insonlarning yurish-turishlari haqida; estetik (atrofdagi voqealarning, insoniy munosabatlar va xulq-atvorning go‘zalligi haqida); siyosiy-ta’limiy bo‘lishi mumkin.
Tarbiyaning asosiy, yetakchi usullaridan biri namuna asosida tarbiyalashdir.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi katta bo‘lishga intilayotganida kattalar, o‘zi hurmat qiladigan kishilardan namuna olib, ularga taqlid qilishga harakat qiladi. Taqlid qilish asosida turli sabablar bor. Ayniqsa, ulardagi hayotiy tajribalarning yetishmasligi yurish-turishning barqaror odatlari kamligi ham taqlidga sabab bo‘ladi. Yosh ulg‘aygan sari taqlid qilish darajasi kengayib boradi. Ba’zan inklyuziv maktab tartibini buzuvchilar ularning qo‘polligi, qo‘rsligi, o‘jarligi, soxta jasorati ayrim bolalar e’tiborini jalb etadi. Har doim ham rivojlanishida muammosi bo‘lgan bolalarni yomon o‘rnakdan ajratib qo‘yishning iloji bo‘lavermaydi. Tarbiyada muvaffaqiyat qozonish uchun oilada va maktabda bola hayotini shunday tashkil etish zarurki, bu narsa uning uchun zerikarli, mazmunsiz, majburiy bo‘lmasdan, rivojlanishida muammosi bo‘lgan bolalarni yomon o‘rnakdan hazar qilishga, unga qarshi turishga o‘rgatish lozim. Har bir shaxs alohida, takrorlanmas shaxs sifatida o‘ziga xos ravishda rivojlanishiga erishish kerak. Bolani o‘rab olgan barcha shaxslar bolaga o‘rnak bo‘ladigan darajada bo‘lishi lozim.
Pedagoglarning ta’kidlashicha, tarbiya to‘g‘ri xatti-harakatga o‘rgatuvchi mashqdan boshqa narsa emas. Mashq bolalarning oqilona, bir maqsadga qaratilgan va har tomonlama faoliyatini (qabul qilingan ahloqiy normalar va qoidalarga muvofiq) tashkil etishdir.
Mashq muayyan harakatlar va ishlarni ko‘p marta takrorlashni o‘z ichiga oladi. Mashqni aynan bir harakatning o‘zini mexanik tarzda takrorlayverishdan iborat deb tushunish yaramaydi, lekin busiz ham rivojlanishida muammosi bo‘lgan bolalarda ijobiy odatlar hosil qilib bo‘lmaydi. Bola uchun mashq ongli, ijodiy jarayon bo‘lishi kerak. Turli mashqlar natijasida bolalarda malaka, ko‘nikmalar, odatlar shakllantirilib, yangi bilimlar hosil qilinadi, aqliy qobiliyat rivojlanadi.
Tarbiya usullari ichida rag‘batlantirish alohida ahamiyatga ega. Rag‘batlantirish muayyan harakat va kutilgan natijaga erishilgan faoliyat uchun ruhlantirish demakdir. Inklyuziv maktabda o‘quvchilarning ko‘nglini ko‘tarish va ularning tez-tez yaxshi gaplar, maqtovlar eshitish ehtiyojini qondiruvchi shaxs bu pedagogdir. Sog‘lom bolalar o‘z uylarida yashab tez-tez shirin gaplar va maqtovlarni eshitadilar. Imkoniyati cheklangan bolalarni ham mana shunday ijtimoiy ta’sirdan chetda qoldirmaslikning yo‘li pedagoglarning o‘z vaqtida o‘quvchilarning harakatlarini kuzatishi va ijobiy natijalarni payqab turishidir. Pedagoglar bolalarga turli talablar tizimini ishlab chiqqanlar. Talablarning shakli har bir bolaning individual xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Agar bir bolaga eslatish yoki shama qilish kifoya qilsa, boshqasiga qat’iyroq talab qo‘yish kerak bo‘ladi. Bolaga sekin, ishchanlik vaziyatida keskin ohangda talab qo‘yish mumkin. Talablar to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bilvosita, maslahat tarzida, o‘yin shaklida, ishonch orqali, ishonchsizlik, iltimos, shama, ma’qullovchi, qoralovchi, shartli bo‘ladi. Qo‘yilayotgan talablarning samaradorligi ham bolaning yosh va individual xususiyatlariga, u tushib qolgan vaziyatga, o‘qituvchi ko‘zlayotgan maqsadga va boshqa holatlarga bog‘liq.
O‘qituvchi-pedagog yoki jamoa ayrim bolalarning xulq-atvoridan, uning munosabatidan, muomalasidan mamnun bo‘lmasa, bolaga o‘z xulqini tuzatib olishda yordam ko‘rsatish uchun jazolash usulidan ham foydalanadi. Maqtov singari jazo ham bolaning xulq-atvorini yo‘lga solib turadi hamda uning o‘zini noqulay sezishga, uyalishga majbur qiladi. Shu sababli bu usuldan bolaning individual xususiyatlarini yaxshi bilgan holda foydalanish darkor. O‘qituvchining adolatsiz jazo berishi o‘quvchi bilan o‘zaro munosabatlarida nizoli vaziyat vujudga keltiradi.
Pedagoglar o‘quvchilarning qiziqishlariga qarab, ularni to‘garaklarga jalb qiladilar. Muassasada o‘quvchilarning ijodiy ishlari ko‘rgazmalari tashkil etiladi. Ko‘rgazmalarda o‘quvchilarning bajargan ishlari namoyishi ularga zavq bag‘ishlaydi. Eng muhimi muassasa rahbariyati va pedagoglar ijodkor o‘quvchilarni muntazam rag‘batlantirib, ijodga undashi lozim. Buni turli shakllarda tashkil etish tavsiya etiladi. Masalan:

  1. Ommaviy tarzda. Maktabning umumiy yig‘ilishlarida “Maqtov yorlig‘i” berish.

  2. Ota-onalar yig‘ilishida e’lon qilish va minnatdorchilik bildirish.

  3. Maktabning e’lonlar taxtasiga (rasmli tarzda)osib qo‘yish.

  4. Turli shakllardagi sovg‘alar taqdim qilish.

Bugungi kunda sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash kabi muhim vazifalar belgilandi. Boshlangʻich ta’limda oʻqitish sifatini yaxshilash, oʻquvchilarning imkoniyatlariga mos, davlat ta’lim standartlari me’yorlari inobatga olingan oʻquv muhitini samarali tashkil etish, bu jarayonda tashkilotlar va jamoat institutlari hamkorligini rivojlantirish yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur ijtimoiy-pedagogik masalalarni hal etishda ta’lim, sogʻliqni saqlash va mahalla tashkilotlarining imkoniyati cheklangan bolalarni sifatli ta’lim xizmatlari bilan ta’minlash borasidagi oʻzaro manfaatli hamkorligi talab etiladi. Bu esa, boshlangʻich sinf oʻqituvchilarida metodik mahorat, psixologik bilimlar, kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning klasterli yondashuvlari, tashkiliy omillari, pedagogik-psixologik shart-sharoitlari, inklyuziv sinflarda darslarni tashkil etishga qoʻyiladigan didaktik talablarni aniqlashtirishni taqozo etadi. Inklyuziv ta’limda sifatga zamonaviy texnologiyalar orqali osjn va qulay erishiladi.
Inklyuziv ta’lim tizimida o'qituvchilarning kasbiy mahorati va hamkorligi, avvalo, alohida ehtiyojli bolalar bilan ishlashning o'ziga xos xususiyatlari bilan bog'liq. Inklyuziv ta’lim nogironligi bo’lgan bolalarga nisbatan har qanday holatlarni istisno etadigan, barcha uchun teng muomalani ta’minlaydigan, lekin maxsus ta’lim extiyojiga ega bolalar uchun zarur sharoit yaratadigan mafkuraga asoslanadi.
Bugungi kunda nogironligi va rivojlanishida nuqsonlari bo’lgan bolalar sifatli ta’lim olishlari va keyinchalik munosib ish topishlari uchun ularga haqiqiy inklyuziv sharoitlarni yaratish bo’yicha mamlakatimizda bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.
Inklyuziv ta'limning muhim muammolaridan biri bo’lgan alohida ta’lim ehtiyojga ega bo’lgan bolalar guruhini aniqlab, ularga sifatli ta’lim shakllarida bilim berish va salohiyatini oshirishdan iboratdir. Inklyuziv ta'limni rivojlantirishda ustuvor yo’nalishlarga ega bo’lgan tamoyillar va yo'nalishlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Umumiy ta'lim dasturining muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishi uchun nogiron o'quvchilarga maxsus sharoitlar yaratib berilishi kerak. Avvalo, biz mashg’ulotga yondashuvlarni individualizatsiya qilish, xususan, mashg'ulotni tashkil etish uchun shart-sharoitlarni tanlash, vazifalarni bajarish shaklini individuallashtirish va natijalarni taqdim etishning maqbul usullarini tanlash, natijalarni sifatli baholashga yondashish talab qilinadi Inklyuziv ta'lim tizimida o'qituvchilarni ishlashga tayyorlashning bilim to’siqlaridan biri bu hatti-harakatlarida passiv rivojlanish va tuzatishga qaratilgan ishlarini amalga oshirishga qaratilgan asoslar to'g'risidagi bilimlardir. Ushbu bilimlar orqali alohida ehtiyojga ega bolalarni o'qitish va tarbiyalashni tashkil qilishda pedagogik faoliyatning dolzarb vakolatlarini shakllantirishdir. Shu munosabat bilan o'qituvchining psixologik bilimlari va pedagogik vakolatlarini oshirishga qaratilgan maxsus treninglarni tashkil etish alohida muhim rol o'ynaydi.
Nogiron bolani rivojlanishi uchun uni qayta ijtimoiylashtirish jarayonlariga qo'shilishi mumkin bo'lgan sharoitlarni yaratish kerak. Bunday muhit o'quv jarayonining barcha ishtirokchilarini birlashtirishga, shuningdek, rivojlanishida nuqsoni bo’lgan kamchiliklarni bartaraf etishda psixologik yordam ko'rsatishga xizmat qiladi. Inklyuziv ta'limda ishlash uchun o'qituvchilarning kasbiy kompetentsiyasining tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi:
- o'qitishning moslashuvchan shakllariga, interfaol o'qitish usullariga ega bo'lish;
- bilish faoliyati mustaqilligini rag'batlantirish qobiliyati;
- jamoada ishlash qobiliyati, alohida ehtiyojli bolalar ta'limi uchun psixologikpedagogik yordamni yaratish uchun mutaxassislar bilan o'zaro aloqada bo'lish.
Nogiron bolalarni psixologik va pedagogik qo'llab-quvvatlash o'qituvchining har xil turdagi sog'lig'i bilan bog'liq muammolarga duch kelgan bolalarning sog'lom tengdoshlari bilan birgalikdagi va individual faoliyatini tashkil etish qobiliyatini taxmin qiladi har bir bolaning tarixi to'g'risida dastlabki ma'lumotlarni to'plash ularni qobiliyati haqidagi bilimlarni oshirishga hizmat qiladi.
Endilikda fan, texnika va innovatsion texnologiyalarning rivojlanishi natijasida oʻquv-tarbiya jarayonida interfaol usullar (innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanib, ta’limning samaradorligini koʻtarishga boʻlgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Ta’lim tizimida zamonaviy texnologiyalar qoʻllanilgan mashgʻulotlar egallanayotgan bilimlarni oʻquvchilar tomonidan oʻzlari qidirib topishlari, mustaqil oʻrganib, ularni tahlil qilishlari, oʻz bilimlarini baholashlari, toʻgʻri xulosalar chiqarishlariga qaratilgan.
Pedagog-olimlarning koʻp yillar davomida ta’lim tizimida:

Download 25,4 Kb.
1   2   3   4   5




Download 25,4 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Urganch davlat pedagogika instituti aniq va amaliy fanlar fakulteti fizika-matematika va texnologik ta’lim kafedrasi

Download 25,4 Kb.