|
Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruzalar matni
|
bet | 45/190 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,04 Mb. | | #228471 |
Bog'liq Umumiy pedagogikaMatn yuzasidan topshiriqlar:
1.Sizning fikringizcha, Rodjer yana o’g’irlik qiladimi? Javoblaringizni izohlang.
2. Matn yuzasidan ikki qismlik kundalik tuzing. (Ikki qismlik kundalik usuli mohiyati: Qog’oz o’rtasidan uzunasiga chiziq chiziladi. Uning chap tomoniga matndan sizga ko’proq ta’sir ko’rsatgan parcha, yoki hayron qoldirgan timsol, qiziqtirgan, o’ylantirgan yoki ma’qul bo’lmagan fikr yoziladi.
Varaqning o’ng tomoniga ushbu parcha yoki fikr bo’yicha sharh yozish kerak. Nima uchun ushbu parchani yozib oldingiz? Bu nima haqda o’ylashga, eslashga majbur etdi? Shu yuzasidan qanday savollar tug’ildi?)
Ikki qismli kundalikni quyidagi shaklda tuzish mumkin:
-
3. Rodjerning 10 yildan keyin Missis Jonsga yozgan xati qanday bo’lishi mumkin? Rodjer nomidan xat yozing (10 minutlik esse)
Inson paydo bo’libdiki, tarbiya jarayoni va qoidalari mavjud. Xo’sh, Tarbiya koidalari nima uchun kerak ekan ? Unga nimalar kiradi?
Tarbiya qoidasi - pedagogik ta’lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil etish maqsadida foydalanadigan boshlang’ich holat, rahbarlik asosidir. Tarbiya qoidalari - o’qituvchi va tarbiyachilarga yo’l - yo’riq ko’rsatuvchi qoidalar hisoblanadi. Tarbiya qoidalariga quyidagilar kiradi:
Tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganlik qoidasi. Tarbiyadan ko’zlangan asosiy maqsad har tomonlama ma’naviy rivojlangan aqliy va axloqiy barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. Tarbiyaviy ish ma’lum maqsadni ko’zlovchi va uzluksiz davom etadigan jarayondir. Tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi qoidasi bolalar jamoasining rivojlanish istiqbollarini ko’ra bilishga yordam beradi.
Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya qoidasi. O’qituvchining bilim saviyasi ma’naviyati jamiyatni harakatga keltiruvchi, taraqqiyotgga eltuvchi yetakchi omillardan biridir. Yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashda Qur’oni Karim, Hadisi shariflardan foydalanish juda muhim. Tarbiyada inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o’smirning betakror va o’ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligini hisobga olish lozim. Tarbiyani demokratiyalash - bu tarbiyani ma’muriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo’yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o’rtasida o’zaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini o’zgartirish demakdir. O’qituvchi o’quvchiga avvalgidek tarbiya ob’ekti emas, xuddi o’zi kabi sub’ekt deb qarashi darkor. Tarbiyaviy faoliyatni demokratiyalash va insonparvarlashtirish uning mohiyatini va mazmunini qayta tafakkur etishni ko’zda tutadi. Shaxsning rivojlanishi va o’zligini anglashni ta’minlaydi.
Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi qoidasi. O’quvchilarni Vatanimiz qadriyatlari, boy madaniyati bilan tanishtirish, madaniy va diniy bilimlarini egallashga bo’lgan talablarini shakllantirish malakalarini oshirib, tobora boyitish, estetik tushunchalarni shakllantirish juda muhim. Xalqimizning ko’p asrlik qadriyatlarini ulkan boy va madaniy merosini chuqur bilmasdan, milliy o’zlikni anglash, milliy g’urur tuyg’usini qaror toptirish mumkin emas. U yaratgan madaniy boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Buyuk mutafakkirlarning asarlari orqali o’kuvchilar go’zal axloq, baxt, insof, poklik, mehr - shavqat, ota - onani hurmat qilish qoidalari haqida keng tasavvurga ega bo’ladilar. Insoniylik - o’z tarkibiga insonning eng yaxshi axloqiy xususiyatlarini, do’stlik, ota - onaga sadoqatlilik, mehnatsevarlik, diyonatlilik kabi fazilatlarni qamrab oladi. Shu sababli insondagi eng yaxshi fazilatlar avloddan - avlodga ko’chib kelgan.
|
| |