|
Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruzalar matni
|
bet | 118/190 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,04 Mb. | | #228471 |
Bog'liq Umumiy pedagogikaMUSTAQIL ISh UChUN TOPShIRIQLAR
Uvaysiy va Nodira she’rlaridan to`plab, ularni ta’lim - tarbiyaviy jihatdan tahlil qilish.
Muhammad Sodiq Qoshg`ariyning "Odob as-solixxin" asari asosida tarbiyaviy tadbirga tayyorgarlik va uni o`tkazish.
MAVZU YuZASIDAN SAVOLLAR
XV asr va XVI asr boshlaridagi madaniy, iqtisodiy tushkunliklarga nima sabab bo`ldi?
Buxoro, Xiva, Qo`qon xoniklarida madaniy - ma’rifiy yuksalish boshlanganligini nmalarada ko`rish mumkin?
Otinoyi maktablaridagi ta’lim mazmuni haqida gapirib bering.
Uvaysiy o`z pedagogik faoliyatida qanday ta’lim usullarini qo`llaydi? Kim Uvaysiy chistonlaridan misol keltira oladi?
Nodira ijodida insonparvarlik ulug`lanishini misollar bilan ko`rsata olasizmi?
Muhammad Sodiq Qoshg`ariyning qanday asarlarini bilasiz?
"Odob as - solixin"dagi er - xotin odobi, mehmon kutish odobiga sizning munosabatingiz?
26-mavzu:
TURKISTON O’LKASIDA MA’RIFIY-PEDAGOGIK FIKRLARNING SHAKLLANISHI
REJA:
Turkiston o`lkasida diniy-islomiy tarbiyaviy muassasalar. Chorizm maktab siyosatining boshlanishi. Rus-tuzem maktablari.
Turkiston o`lkasida pedagogik fikrlar va ularning taraqqiyoti. (Furqat, Ahmad Donish, Shakuriy, Siddiqiy, Aziziy, I.Rahmatillayev va boshqalar).
Turkistonda jadidchilik ma’rifati va ta’lim-tarbiya.
Mahmudxo`ja Behbudiy, Munavvar Qori, Abdurauf Fitratning ma’rifatparvarlik faoliyatlari va pedagogik g`oyalari.
Abdulla Avloniy va H.H.Niyoziyning pedagogik faoliyatlari va qarashlari.
«Ta’lim to`g`risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturida talab etilganidek ta’lim-tarbiya jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustivorligiga erishishimiz, yoshlarda «boy milliy madaniy-tarixiy ana’nalarga va xalqimizning intellektual merosiga hurmat» tarbiyalashimiz lozim. Buning uchun esa tariximizning har bir davrini ob’ektiv o`rganishimiz, unga haqqoniy baho berishimiz va har bir davrdagi ilg`or qarashlarni ta’lim-tarbiya jarayoniga olib kirishga harakat qilishimiz kerak. Yurtboshimiz bu masalaga o`z asarlarida alohida e’tibor berib kelmoqdalar.
XIX asr madrasalarida O`rta asrga oid diniy falsafa, musulmon huquqlari, arab tili grammatikasi, mantiq ilmlari o`qitilgan. Uni tugatib imomlik qilish yoki qozinxonada ishlash mumkin bo`lgan. Maktab va madrasalarda dars o`zbek, arab, fors-tojik tillarida olib borilgan. Asosan o`g`il bolalar o`qigan.
|
| |