UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
39
Ta‘lim tizimida takrorlash va bilimlarni mustahkamlash darslari ham ko‘p qo‘llaniladi. O‘qituvchi
darsning
ma‘lum bir qismi, yirik mavzularni o‘tib bo‘lganidan so‘ng bunday darslar uyushtiriladi.
Bu darslar oraliq nazorat
baholashda ham xizmat qiladi. Har bir darsning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan mashg‘ulotni to‘g‘ri tashkil qilishga
bog‘liqdir. Bu davrda sinfning tayyorgarligini
sinchiklab kuzatish, bolalarni darsni tinglashga ruhiy jihatdan tayyor
ekanliklarini o‘rganish darkor. Shundan so‘ng mahoratli pedagog fursatni qo‘ldan boy bermay, shogirdlarini diqqatini
chalg‘itmay darsning asosiy
qismini boshlab yuboradilar, chunki sinf o‘kuvchilarini tezlik bilan mashg‘ulotga faol
kirishishlarini ta‘minlash lozim.