12
Ta‘lim jarayoniga mobil texnologiyalarni tadbiq etish va ta‘limiy mobil
ilovalardan foydalanishning samaradorligi, metodikasi va muammolari [50, 33-bet]
bo‗yicha ko‗pgina xorijlik va yurtimizda faoliyat olib borayotgan tadqiqotchilar
o‗zlarining ilmiy ishlarida so‗z yuritganlar. Jumladan: shaxsga yo‗naltirilgan ta‘lim
uchun mualliflik vositalaridagi mobil ta‘lim xususiyatlari haqida Maria Virvou va
Eythimios Alepis [74], kichik yoshdagilar uchun mobil ta‘lim dasturlari haqida
Stamatios Papadakis va Michail Kalogiannakis [67], ta‘lim jarayonini
takomillashtirish uchun mobil texnologiyalarni qo‗llashning [50] ba‘zi bir
didaktik imkoniyatlarini
11
F.K. Ahmedov, D.M. Jomurodov [69, 32], F.N.
Khaitov, U.S. Khonimkulov, A.R.Sattarov, R.M. Yusupov [69] kabi olimlar o‗z
ilmiy ishlarida yoritganlar.
Mobil ta‘lim - o‗quv jarayonini ma‘lum bir manzil yoki vaqtdan qat‘i nazar
axborot texnologiyalari va kommunikatsiya qurilmalari bilan birgalikda mobil
texnologiyalardan foydalanib tashkil qilishni nazarda tutadi. Bunda ta‘lim turli
shakllarda, ya‘ni mobil qurilmalar yordamida talabalar ta‘lim resurslariga
kirishlari, boshqalar bilan bog‗lanishlari, auditoriyada va undan tashqarida ma‘lim
bir kontentlardan foydalanishlari mumkin [100, 829-bet]. Mоbil ta‘lim о‗quv
maqsadlariga erishish uchun zarur bо‗lgan tadbirlarni о‗z ichiga oladi, masalan,
ta‘lim jarayonini samarali boshqarish, ta‘lim muassasalari, о‗quvchilar va ularning
oilalari о‗rtasidagi о‗zaro munosabatlarni yaxshilash va hokazo [100].
Mobil texnologiyalarning yana bir muhim xususiyati uning hamma joyda
bo‗lishidir. Butun dunyo bo‗ylab 10,37 milliarddan ortiq mobil abonentga ega
mobil telefon sayyorada eng ko‗p ishlatiladigan interaktiv AKT qurilmasi
hisoblanadi [151]. Rivojlangan mamlakatlarda har besh kishidan to‗rttasi mobil
telefonga egalik qiladi va undan foydalanadi [124].