129
Izohlar:
1. Asosiy birlikning nomi - kilogramm "kilo" old qo‘shimchasiga ega
bo‘lganligi sababli massani karrali va ulushli birliklarini hosil qilish uchun
massaning ulushli birligi – gramm (0,001 kg) ishlatiladi va old qo‘shimchalar
"gramm" so‘ziga qo‘shilib
yozilishi lozim, masalan, mikrokilogramm (µkg) o‘rniga
milligramm (mg).
2. Massaning ulushli birligi - grammni old qo‘shimchasiz ishlatish ruxsat
etiladi (birlikning belgisi - g). Old qo‘shimcha yoki uning belgisi birlikning
nomiga, yoki mos holda, belgisiga qo‘shib yozilishi lozim.
Agar birlik birliklar ko‘paytmasi yoki nisbati ko‘rinishida tuzilgan bo‘lsa, u
holda old qo‘shimchani yoki uning belgisini ko‘paytma yoki nisbatga kiruvchi
birinchi birlik nomiga yoki belgisiga ko‘shib yozish lozim.