54
Tayyor jarayonlarning navbatidan boshlab, har bir jarayon oxir-
oqibat protsessorga kelib tushadi va bajariladi. Bajarishda quyidagi
holatlar yuzaga kelishi mumkin, ya’ni, bajarilish to‘xtatilishi mumkin:
sinxron
kiritish/chiqarish
so‘rovi,
jarayonga
ajratilgan
vaqt
miqdorining tugashi, uzilish yoki farzand jarayonini yaratilishi.
Klassik UNIX sxemasida, farzand jarayoni tizimni
fork
bilan
chaqirish orqali yaratilganda, farzand jarayoni uchun yangi virtual
xotira maydoni yaratiladi, unga ona xotirasi tarkibi ko‘chiriladi.
Shundan so‘ng, ona jarayoni farzand jarayoniga yo‘l beradi. Farzand
jarayonini yaratish uchun bunday sxema, albatta, har doim ham qulay
emas.