241
taqdim etiladigan xizmatlarga kirish uchun dastur soket interfeysida
belgilangan ko‘rsatmalardan foydalanishi kerak.
Misol
Dasturlash tillarining ko‘pida dastur interfeysi, dasturchiga
faylni ochish, fayldan o‘qish, faylga yozish, faylda boshqa
operatsiyalarni bajarish va nihoyat faylni yopish imkonini beradigan
ko‘rsatmalar to‘plami mavjud. Agar dastur faylni ochishi kerak bo‘lsa,
u operatsion tizimga ma’lum bo‘lganidek fayl nomidan foydalanadi.
Fayl ochilganda, operatsion tizim o‘qish va yozish kabi boshqa
ko‘rsatmalar uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan faylga (butun son yoki
ko‘rsatgich) ma’lumotni qaytaradi.
Soket
Soket - bu bizning kundalik hayotimizda ko‘radigan apparat
soketni simulyatsiya qiladigan abstrakt dasturdir. Aloqa kanalidan
foydalanish uchun amaliy dasturdan (mijoz yoki server) soket yaratish
uchun operatsion tizimni so‘rash kerak. Keyin dastur ma’lumot
uzatish va qabul qilish uchun soketga ulanishi mumkin. Ma’lumotlar
uzatilishi amalga oshishi uchun har bir aloqaning bir uchida ikkita
soket kerak bo‘ladi. 7.5- rasmda biz kundalik hayotimizda
ishlatadigan
rozetka
va
vilkasidan
(masalan, telefon uchun)
foydalangan holda, ushbu abstraktsiyani simulyatsiya qilamiz.
Internetda soket – bu muhokama qiladiganimiz kabi dasturiy ta’minot
ma’lumotlarining tuzilishi.
7.5- rasm. Soket tushunchasi