243
Keling, ushbu tuzilishda foydalaniladigan maydonlarni qisqacha
ko‘rib o‘tamiz:
Oilasi (Family).
Ushbu maydon protokol guruhini belgilaydi:
IPv4, IPv6, UNIX domen protokollari va boshqalar. Biz TCP/IP da
ishlatadigan oilasi (family) turi IPv4 protokoli uchun doimiy IF_INET
va IPv6 protokoli uchun IF_INET6 tomonidan belgilanadi.
Turi (Type).
Ushbu maydon soketning to‘rt turini belgilaydi:
SOCK_STREAM (TCP uchun), SOCK_DGRAM (UDP uchun),
SOCK_SEQPACKET
(SCTP
uchun)
va
SOCK_RAW
(IP
xizmatlaridan bevosita foydalanadigan ilovalar uchun) 7.7-rasmda
ko‘rsatilgan.
Protokol (Protocol).
Ushbu maydon interfeysni ishlatadigan
protokolni belgilaydi. TCP/IP protokoli to‘plami uchun 0 ga
o‘rnatiladi.
Lokal soket manzili (Local socket address)
. Ushbu maydon
mahalliy soket manzilini belgilaydi. Soket manzili IP manzil va port
raqamining kombinatsiyasi hisoblanadi.