Ma'lumotni qisman yoki to'liq qayta tiklash imkoniyati mavjud:
Ma'lumotlar foydalanuvchi tomonidan o'chirilgan bo'lsa;
Operatsion tizim virus bilan zararlansa (kodlovchi-shifrlovchi viruslar bundan
mustasno);
Xotira bo'limlar (C, D, E…
)ga bo'lingandan so'ng ma'lumotlat to'satdan yoqolsa;
Tezkor formatlashdan so'ng.
Ma'lumotni qayta tiklash deyarli ilojsiz yoki foiz ko'rsatkichlari juda past:
Ma'lumotlar kodlovchi-shifrlovchgi virus yoki boshqa shaxslar tomonidan kodlansa;
Xotira fizik shikastlangan bo'lsa;
To'liq formatlansa;
Xotira maxsus dasturlar (shredder) bilan tozalansa;
Ma'lumot o'chib ketgach, xotiraga qandaydir boshqa axborot yozilsa.
Agar, xotirada qandaydir ma'lumotlar yoqolganini sezsangiz, darhol xotirada bo'layotgan barcha
jarayonlarni zudlik bilan to'xtating. Masalan, Agar flesh-xotira bo'lsa, unga hech qanday
ma'lumot yozmang, yozilayotgan bo'lsa buni darhol bekor qiling. Agar, SSD yoki HDD disk
bo'lsa va yana ularga tizim o'rnatilgan bo'lsa, kompyuterda ishlab turgan barcha dasturlarni
to'xtating (tizimga tegishli jarayonlar bundan mustasno). Kompyuterni zinhor qayta yuklamang
(
) sababi, ayrim dasturlar o'z ma'lumotlarini tezkor xotirada saqlashadi va
kompyuterda qayta yuklanish vaqti tezkor xotiradan ushbu ma'lumotlar avtomatik doimiy xotira
(SSD yoki HDD)ga ko'chiriladi. Fayllarni hech qachon bir xil nomlamang masalan, sizda A12
nomli PDF hujjat o'chib ketdi, siz buni sezdingiz ammo, boshqa PDF hujjatni ham keyinchalik
huddi shu nom bilan atadingiz. Unutmang, bir nomli va bir kengaytmali fayllar faqat bitta
klasterda saqlanadi. Ya'ni, o'chib ketgan A12 PDF fayl ustiga tizim siz hozirgina nomlagan
yangi, shu nomdagi faylni yozadi va eski ma'lumot butunlay yoqoladi. Agar xotirani formatlagan
bo'lsangizchi? Bu holda siz xotirani qay yo'l bilan formatlaganingiz katta ro'l o'ynaydi.
Kompyuter yordamida xotirani formatlashning ikki xil usuli bor. Ulardan biri tezkor formatlash,
bunda faqat xotira boshlanish qismidagi fayl tizimi qayta yoziladi va qolgan ma'lumotlar
saqlanib qoladi.
10
Yana biri esa to'liq formatlash bunda, butun xotira formatlanib tozalanadi va axborotni endi
qayta tiklashning iloji yo'q!
Axborotni qayta tiklash jarayonini bir kunning o'zida yakunlashga xarakat qiling. Agar, sizda
qayta tiklovchi ma'lumotlaringiz bir qancha bo'lsa, ularni bitta-bittalab qayta tiklang. Bir qancha
fayllarni birdaniga bir vaqtda qayta tiklash qandaydir xatoliklarni keltirib chiqaradi. Qayta
tiklamoqchi bo'lgan axborot hajmi 200 Mb dan katta shuningdek, u dasturiy ta'minot yoki video
o'yin bo'ladigan bo'lsa unutmang, katta hajmdagi fayllar, kompyuter o'yinlari yoki dasturlarni
qayta tiklash har doim ham omadli yakunlanmaydi. Qayta tiklash jarayonida ko'pincha bunday
fayllarda qandaydir kamchiliklar kuzatiladi. Agar qayta tiklamoqchi bo'lgan fayl hajmi 2 Gb yoki
undan katta bo'lsa, bunday katta hajmli fayllarni ko'pgina ma'lumotlarni qayta tiklovchi dasturlar
ko'rmasligi mumkin. Shunday dasturlardan biri R-Studio hisoblanadi. Quyidagi holatlarda rasm
uchun maxsus (masalan Glary Undelet
https://ocomp.info/soft/ca-glary.php
), video va audio
uchun maxsus (masalan Volga
https://volga-software.ru
) va matn ko'rinishidagi faytllar uchun
esa boshqa (masalan DataNumen Office Repair
https://www.datanumen.com/office-repair/
)
turdagi qayta tiklovchi dasturlardan foydalanish tavsiya etiladi. Undan tashqari, ma'lumot bir
qancha papkalar ichida saqlansa ham qayta tiklash jarayoni qiyin kechadi. Masalan, axborot A
papkada, A papkaning o'zi B papka ichida, B papka yana C papka ichida v.h.z.
|