19
Ishonchlilikni baholash Styudent usullari asosida amalga oshirildi va matematik-
statistik tahlil qilindi. Olingan natijalar tahlili innovatsion
yondashuv asosida
o‘quvchilarning kasbiy qiziqishlarini rivojlantirish asosida ta’lim samaradorligi
haqida gapirish imkonini berdi.
0
50
100
150
200
250
1
2
3
117
170
113
43
133
217
o'quvchilar
soni
past
o'rta
yuqori
nazorat sinfi
tajriba sinfi
3-rasm. Tajriba so‘ngida tajriba va nazorat sinflaridagi
umumiy ko‘rsatkichlar diagrammasi
Tajriba-sinov
natijalari
innovatsion
yondashuv
asosida
o‘qitishning
samaradorligi oshganligini ko‘rsatdi. Tajriba-sinov guruhlarida o‘quv materialini
o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari taqqoslanganda, tajriba guruhlari o‘rtacha
o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini ishonchliligi koeffitsiyenti 1,13 barobarga ortgan.
XULOSA
Innovatsion
yondashuv
asosida
o‘quvchilarning
kasbiy
qiziqishlarini
rivojlantirish borasida amalga oshirilgan tadqiqotlar
va tajriba-sinov natijalari
quyidagi xulosalarni chiqarishga imkon berdi:
1. Innovatsion yondashuv asosida o‘quvchilarning kasbiy qiziqishlarini
rivojlantirishning mavjud holatini tahlil etish asosida o‘quvchilar kasbiy qiziqish va
kasb tanlashning psixologik-pedagogik asoslari o‘rganildi
va innovatsion faoliyatni
tashkil etish, qobiliyat va ko‘nikmalarni qiziqishlar rezonansi asosida shakllanishning
20
muhim ahamiyati integrativ tushunchalari pedagogikaning zamonaviy konseptual
tendensiyalariga asoslanib, muallif tomonidan ta’riflangan.
2. Innovatsion yondashuv o‘z mazmun-mohiyati
bilan shaxsda kasbiy bilim,
kasbga e’tiqod, kasbni sevish, xulq-odob, did, nafosat, aql-zakovatni o‘zida
mujassamlashtirgan jarayon bo‘lib, uning rivojlanishi va takomillashishi mumkinligi
ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan asoslangan.
3. O‘quvchilarning kasbiy qiziqishlarini rivojlantirishning
nazariy-amaliy
asoslari hamda pedagogik va metodik tizimi aniqlangan.
4. O‘quvchilarning kasbiy qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan jarayonni
amalga oshirish uchun muayyan prinsiplarga tayanishi lozimligi aniqlandi. Tadqiqot
jarayonida ushbu
prinsiplar ishlab chiqilib, ularga asoslangan holda innovatsion
faoliyat kafolatli natijani berishi aniqlangan.
5. O‘quvchilarning kasbiy qiziqishlarini innovatsion yondashuv asosida
rivojlantirishda o‘quv-tarbiya jarayonining imkoniyati kattaligi inobatga olinib, ushbu
ishlar mazmunidan o‘quvchilarga
kasbga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni
shakllantirish bilan birgalikda ma’naviy-axloqiy, estetik, iqtisodiy,
ekologik, aqliy,
huquqiy kompetensiyalarni ham rivojlantirish samarali natijalarga olib kelishi
isbotlangan.
6. O‘quvchilarning kasbiy qiziqishlarini rivojlantirish jarayonida yuqori
malakali kasb egasi, yangilik yaratuvchi, tadbirkor, ishbilarmon, ijtimoiy-siyosiy faol
shaxs qilib tarbiyalash, ularda ilmiy-tarixiy dunyoqarash, ma’naviy-axloqiy salohiyat,
jismoniy barkamollikni singdirish ta’lim muassasalarining
ustuvor vazifasi ekanligi
aniqlangan.